August 6

Obod hudud, sifatli xizmat — neft bazalarda keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish doirasida neft bazalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Farg‘ona neft bazasi"da hududlarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni kengaytirish, tashqi qiyofani yanada jozibador qilish hamda mijozlar uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa shahobchalarning nafaqat tashqi ko‘rinishini yaxshilash, balki aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ mas’ullari tomonidan “Kuchlik neft baza” MCHJ tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Piskent va O‘rta Chirchiq tumanlarida joylashgan Bekobod neft ombori hamda korxona tasarrufidagi AYOQSH va FYOQSHlarda xizmat ko‘rsatish sifati, yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya holati hamda obodonlashtirish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tahlillar asosida mijozlarga yanada tezkor, sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish, shahobchalarni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur ishlar “O‘zbekneftgaz” tizimida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, hududlarni yanada obod va fayzli qilish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati