June 26

Xodimlar ESG va xalqaro hisobot standartlari bo‘yicha malaka oshirdi

“O‘zbekneftgaz” AJ vakillari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Ernst & Young Advisory” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdi.

O‘quv dasturi mutaxassislarning ESG, barqaror rivojlanish hamda xalqaro standartlarga muvofiq hisobot tayyorlash yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.

Seminar davomida barqaror rivojlanish sohasida axborotni oshkor etish bo‘yicha xalqaro amaliyot, investorlar va manfaatdor tomonlarning kutilmalari, shuningdek, barqaror rivojlanish hisobotlarini tayyorlashning amaliy jihatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur malaka oshirish kursi “O‘zbekneftgaz” AJda ESG boshqaruv tizimini takomillashtirish, korporativ hisobotlarning shaffofligini oshirish hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro standartlarni izchil joriy etish borasidagi tizimli ishlarning bir qismi hisoblanadi.

Xodimlarning o‘rgangan bilim va amaliy ko‘nikmalar kelgusida Jamiyatning barqaror rivojlanish hisobotlarini tayyorlash, ESG yo‘nalishidagi faoliyatni yanada rivojlantirish hamda investorlar, davlat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun axborotni sifatli oshkor etishda qo‘llaniladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati