Boston Consulting Group bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov AQShning “Boston Consulting Group” (BCG) kompaniyasining boshqaruvchi direktori Pattabi Seshadri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida neft-gaz sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimini takomillashtirish, geologiya-qidiruv loyihalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, ilg‘or xalqaro tajriba va ekspertizani jalb etish hamda kompaniyaning strategik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.