February 16

“O‘zbekneftgaz”da galdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Рус

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, markaziy apparat departament boshliqlari, tizim korxonalari va boshqarmalar rahbarlari video konferens aloqa orqali ishtirok etdi.

Kun tartibida yagona aksiyador qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasi, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish hamda vazifalar taqsimoti masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilib olindi.

Yig‘ilish davomida jamiyatning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha joriy holat va kelgusidagi qadamlar zavod va boshqarmalar, tizim tashkilotlari kesimida muhokama qilinib, muhim vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek xarajatlarni maqbullashtirish, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari hamda qayta ishlash korxonalari faoliyati natijalari yuzasidan mutasaddilar hisobotlari tinglandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati