"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruh "Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" va "Uzbekistan GTL" zavodida bo'lishdi
Dastlab ishchi guruh a’zolari Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining texnologik hududi, ishlab chiqarish salohiyati va mavjud xavfsizlik infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
Majmuada ishlab chiqarilayotgan asosiy mahsulotlar — polietilen granulasi, tozalangan tabiiy gaz, gaz kondensati, suyultirilgan gaz va oltingugurt, shuningdek, polietilen xom ashyosini qayta ishlash asosida tayyorlanadigan polietilen quvurlar, fitinglar, kanistrlar, alyumin kompozit panellar hamda tomchilatib sug‘orish tizimi uchun quvurlar va ularning butlovchi qismlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, majmuada rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha taqdimot qilindi.
Shundan so`ng ishchi guruh "Uzbekistan GTL" zavodida bo`lib, ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari hamda mavjud quvvatlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, korxonaning yuqori samaradorlikka ega uskunalari, ekologik toza yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishdagi o‘rni va eksport salohiyati muhokama qilindi.
Mazkur o`rganishlar “Dolzarb 100 kun” dasturi doirasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishini ta’minlash, soha rivojini jadallashtirish hamda ishlab chiqarishda zamonaviy boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.