September 12

Mavsumga tayyorgarlik davom etmoqda

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2025/2026 yillar mavsumi uchun keng ko‘lamli ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning o‘rganish natijalariga ko‘ra, boshqarma tomonidan aytni paytga qadar 36 200 metr elektr tarmog‘i montaj qilinib, 3 ta ishlab chiqarish binosida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarining 15 ta texnologik tarmoqlari rejali ta’mirlanib, siquv kompressor stansiyalaridagi 24 ta gaz haydash agregatida reglament ishlari bajarildi.

Ishchi guruh tomonidan 1 oktyabrga qadar barcha ishlar to‘liq yakunlash va boshqarmaning mavsumga tayyorlik pasporti taqdim etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati