February 7

Joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining topshirig‘iga ko‘ra, Jamiyatning iqtisodiyot va qayta ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruh a’zolari “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda joylarda ular ijrosini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida bir qator ishlab chiqarish obyektlarida bo‘lishdi

Jumladan, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, “Muborakneftgaz - suv ta’minot”, UNG Medline, "Muborak gazni qayta ishlash zavod”larida ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik intizom, xomashyo gazini qayta ishlash hajmlari samaradorligi, moliyaviy intizom ko‘rsatkichlari, optimizatsiya shuningdek tashkilotlarning iqtisodiy holatlari bevosita o‘rganildi.

Belgilangan vazifalarning bajarilishi ko‘rib chiqilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Qayd etish joizki, boshqaruv raisining iqtisod va qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida korxonalar faoliyati joyida chuqur tahlil qilinib, mavjud ko‘plab moliyaviy masalalar va boshqa yechimini kutayotgan holatlar yuzasidan qarorlar qabul qilishga kelishib olindi.

O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra, qayta ishlash yo‘nalishida ishlab chiqarish barqarorligini mustahkamlash, resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha ham qo‘shimcha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

"O'zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati