Today

Sog‘lom xodim – barqaror ishlab chiqarish: tibbiy ko‘riklar davom etmoqda

Jamiyat tarkibidagi “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda mehnat muhofazasi va xodimlar salomatligini asrash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda korxona ishchi-xodimlari navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Tibbiy ko‘riklar xodimlar sog‘lig‘i holatini baholash, kasalliklarni erta aniqlash hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan.

Ko‘riklar davomida malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy tekshiruvlar, EKG, UTT, rentgen va laboratoriya tahlillari o‘tkazilib, zarur hollarda qo‘shimcha tavsiyalar berilmoqda.

Bugungi kunga qadar majmuaning 1 875 nafar ishchi-xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarayonlar tasdiqlangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Xodimlar salomatligini muhofaza qilish, kasb kasalliklarining oldini olish va sog‘lom mehnat muhitini yaratish “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati