September 18

Mavsumga tayyorgarlik davom etmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJ ishchi guruhi Muborak gazni qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganishlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar zavoddagi 36 ta texnologik qurilma, 4 ta qozon, 2 ta sig‘im, 41 ta transformator podstansiya, 48 metr issiqlik tarmog‘i ta’mirlandi. Shuningdek, 75 metr issiqlik tarmog‘i izolyasiyalandi, 325 metr elektr tarmog‘i montaj qilinib, 32 dona uzluksiz elektr ta’minoti va 12 dona zahirani avtomatik ulash qurilmasining ishchi holati tekshirildi.

Ayni paytda propan butan aralashmasini olish qurilmasidagi 300-sonli agregatning ta’mirlangan dvigatelini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mas’ullarga mavsumga tayyorlikni o‘z vaqtida sifatli bajarish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati