“O‘zbekneftgaz” AJ aksiyadorlari diqqatiga
2018–2024-yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ aksiyadorlariga hisoblangan dividendlarni to‘lab berilishi davom etmoqda.
Аksiyadorlar, dividendlarni o‘z vaqtida olish maqsadida (ularning vorislari yoxud merosxo‘rlari) “O‘zbekneftgaz” AJning Korporativ kotibiyatga murojaat qilishlarini, bunda aksiyadorning bank rekvizitlari (plastik kartaning raqami, amal qilish muddati va tranzit hisob raqami, bank STIR raqami va kodi) va pasport nusxasini taqdim etilishini so‘raymiz.
Shuningdek sobiq “O‘zburg‘uneftgaz” AJ, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘zneftmahsulot”AJ, “O‘zneftgazmash” AJ, “Andijonneft” AJ, “Jarqurg‘onneft” AJlarning aksiyadorlari 2018-yil yakuni bo‘yicha hisoblangan dividend mablag‘larini “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan to‘lab berilayotganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “O‘zbekneftgaz” AJ Korporativ kotibiyatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi Toshkent, Energetika vazirligi ko‘chasi, 22 uy.
Telefon: (+998 55) 901-02-53; (+998 71) 207-27-72 (ichki raqam: 2065, 2064).
Elektron pochta manzili: s.sidikov@ung.uz, fazliddin.xaydarov@ung.uz