October 9

Malayziyaning PETRONAS Texnologiya universitetida ta’lim olish uchun tanlov boshlandi!

“O‘zbekneftgaz” AJ va Malayziyaning PETRONAS Technology University (UTP) o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida neft-gaz sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan stipendiya dasturiga tanlov e’lon qilindi.

Dastur “O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi hamda har yili iqtidorli yoshlar saralab olinib, ular UTPda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oladilar:

Bakalavriatura yo‘nalishlari:

• Neft-gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
• Neft-gaz geologiyasi (Petroleum Geoscience)

O‘qish muddati: 5 yil (shundan 1 yil — Foundation dasturi doirasida majburiy tayyorlov bosqichi)

Magistratura mutaxassisliklari:

• Neft-gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
• Neft-gaz geologiyasi (Petroleum Geoscience)
• Burg‘ilash muhandisligi (Drilling Engineering)

Nomzodlar uchun talablar:

1. Ingliz tili bilish darajasi — IELTS 6.5 yoki undan yuqori
2. SAT — kamida 1200 ball (bakalavriatura uchun)
3. Akademik natijalar — o‘qish davrida yuqori baholar va namunaviy faoliyat

Hujjatlarni qabul qilish muddati:

2026 yil 20 mayga qadar

Taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati hamda ariza namunasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat yuborish uchun manzil: hrd@ung.uz

Ushbu stipendiya dasturi orqali tanlangan yoshlar xalqaro ta’lim standartlari asosida zamonaviy muhandislik bilimlarini egallab, keyinchalik "O‘zbekneftgaz" AJda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati