Yesterday

Jahon banki bilan ekologik barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Jahon banki bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida GFMR (Global Flaring and Methane Reduction) - yo‘ldosh gazni yoqish va metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha global dasturi doirasida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida neft-gaz sanoatida yo‘ldosh gazni yoqish hajmini qisqartirish, metan chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar xalqaro tajriba va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish, energiya samaradorligini oshirish hamda uglerod izini kamaytirishga xizmat qiluvchi loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Mazkur hamkorlik "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy ekologik talablarga mos ravishda takomillashtirish, metan emissiyalarini qisqartirish hamda yashil transformatsiyani jadallashtirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati