Vakant lavozim uchun tanlov
«O‘zbekneftgaz» AJ Raqamlashtirish departamenti Sun’iy intellektni joriy etish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimi uchun nomzodlarni jalb qilinishi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Raqamlashtirish departamenti Sun’iy intellektni joriy etish bo‘limi bosh mutaxassisi uchun malakaviy talablar:
· Ma’lumoti: oliy (“Sun’iy intellekt”, “Mashinaviy o‘rganish (Machine Learning)”, “Katta ma’lumotlar tahlili (Big Data Analytics)”, “Ma’lumotlar ilmi (Data Science)”, “Intellektual axborot tizimlari”, “Mashinaviy o‘rganish va ma’lumotlar tahlili”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti”, “Amaliy informatika”, “Hisoblash texnikasi, tizimlari va tarmoqlari”, “Dasturiy injiniring”, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi, muhandislik va amaliy yo‘nalishlar);
Bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan talablar:
· Sun’iy intellekt tizimlari bo‘yicha yangi yechimlarni joriy etish;
· Zamonaviy obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va amaliy tajriba;
· sun’iy intellekt (AI) va mashinaviy o‘rganish (ML) texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bilimlar;
· Data Science, ML/AI bo‘yicha tajriba;
· Python yoki .NET asosida backend API’lar yaratish (FastAPI, Django, ASP.NET);
· PostgreSQL/MSSQL bilan ishlash: murakkab so‘rovlar (query), indekslash, optimizatsiya;
· Computer Vision tajribasi: YOLO,OpenCV, OpenVINO, PyTorch/TensorFlow;
· Docker, Docker Compose, Linux muhitida ishlay olish;
· amaliy dasturiy yechimlarni ishlab chiqish,ularning tuzilishi va joriy etish tamoyillari;
· Foydalanuvchi interfeyslari tuzilishi tamoyillari;
· Dasturiy ta’minotni testdan o‘tkazish;
· Veb-texnologiyalar (HTTP protokol, TCP/IPstek, veb-server, CGI, keshlash va proksi-server, kliyent-server arxitekturasi);
· Sistemali tahlil (biznes jarayonlar,ma’lumotlar oqimlari va tamoyillar);
· Ma’lumotlar bazalari (to‘plamlar nazariyasi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari turlari, relyatsion MBBT,ma’lumotlar modellari, SQL);
· Texnik hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
· Tillarni bilishi: o‘zbek, rus, ingliz (maqsadga muvofiq);
· Quyidagi sertifikatlar bo‘lishi maqsadga muvofiq: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt texnologiyalari
Vazifalari va funksional majburiyatlari:
· Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi rahbariy va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
· “O‘zbekneftgaz” AJda sun’iy intellekt(AI) va mashinaviy o‘rganish (ML) texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish va uni departament boshlig‘iga kiritish;
· Sun’iy intellekt sohasidagi innovatsion yechimlarni tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish;
· Sun’iy intellekt yechimlarining iqtisodiy samaradorligini baholash va takliflar kiritish;
· Sun’iy intellekt loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha yirik shartnomalar tuzishga doir muhokamalarda ishtirok etish;
Yuqori darajada analitik fikrlash, mas’uliyat, stressga chidamlilik, punktuallik, jamoada ishlash qobiliyati, ko‘p vazifalilik, natijaga yo‘nalish, tizimli va keng fikrlash, ish jarayoniga intizomli yondashish, yuqori ish qobiliyati va natijaga motivatsiya.
Nomzodlar 2026-yil 1-iyulga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola (ung.uz (https://www.ung.uz/about/vacancy/21/sub/46/1) orqali to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun: +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.