February 8

Neft bazalar faoliyati raqamlashtiriladi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti mutasaddilari bilan hamkorlikda “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida belgilangan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida bir qator neft bazalar faoliyati bilan tanishishdi.

Jumladan, Qarshi, Buxoro, Termiz neft bazalari hamda jamiyatga qarashli barcha filiallarda texnologik va moliyaviy intizom ko‘rsatkichlari, yonilg‘i-moylash mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va realizatsiya qilish jarayonlari, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi talablari, ichki nazorat tizimi, xo‘jalik faoliyatining shaffofligi, optimizatsiya masalalari, shuningdek avtomatlashtirilgan hisob va monitoring tizimlarini joriy etish holati o‘rganildi.

Shu bilan birga, faoliyatni raqamlashtirish, balans ko‘rsatkichlarini elektron shaklda yuritish, mahsulotlarni yuklash va tushirish jarayonlarida kuzatuv-nazoratni kuchaytirish hamda ularni onlayn monitoring qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra, neft bazalarida yonilg‘i-moylash mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va realizatsiya qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash, resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bilan bir qatorda, raqamlashtirish texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

"O'zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati