January 19

Gaz qazib chiqarish holati va boshqaruv masalalari muhokama qilindi

Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida Boshqaruv apparatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida Qashqadaryo viloyatida joylashgan soha korxonalarida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan tezkor chora-tadbirlarni departamentlar kesimida belgilash, shuningdek, “Dolzarb 100 kunlik” doirasida shu kunga qadar belgilangan reja ko‘rsatkichlari ijrosini tahlil qilish masalalari ko‘rildi.

Shuningdek, davlat rahbari belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash, qazib chiqarish samaradorligini oshirish va moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Dolzarb 100 kunlik” doirasida shu kunga qadar belgilangan reja ko‘rsatkichlari ijrosi bo‘yicha rais o‘rinbosarlari va departament rahbarlari hisobotlari tinglandi.

Qazib chiqarish, geologiya-qidiruv, burg‘ilash, gazni qayta ishlash, neft mahsulotlari ishlab chiqarish, investitsiya, mahalliylashtirish, eksport, debitor-kreditor qarzdorlik va tannarxni kamaytirish yo‘nalishlaridagi natijalar tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosi shaxsiy javobgarlik asosida ta’minlanishi qat’iy belgilandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati