September 10

Yoshlar taklif va tashabbuslari tinglandi

“O‘zbekneftgaz” AJda rahbariyat va yoshlar o‘rtasidagi samarali muloqot an’anaga aylangan. Boshqaruv raisi o‘rinbosari B. Anarqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda ham yosh kadrlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Unda intellektual o‘yinlarni kuchaytirish, sport bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratish, xorijiy tillar kurslarini tashkil etish, ekologiyaga hissa qo‘shish uchun tabiat qo‘yinida Teambuilding va plogging o‘tkazish, yoshlarni dasturlash kurslariga jalb etish kabi qator amaliy takliflar ilgari surildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning qiziqish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatidan to‘liq foydalanish hamda rahbariyat va yoshlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu orqali jamiyatda sog‘lom muhit va innovasion yondashuvni shakllantirish imkoni yaratiladi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va g‘oyalarini amalga oshirishda rahbariyat hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi alohida qayd etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati