August 20

“O‘zbekneftgaz” va uning tizim korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tdi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida tizim korxonalarida rahbar va mas’ul xodimlarning kechayu kunduz navbatchiligi tashkil etilib, obyektlarning barqaror va uzluksiz ishlashi uchun birinchi rahbarlar shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Boshqaruv raisi topshirig‘i bilan bayram tadbirlarini osoyishta o‘tkazish, ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini ta’minlash hamda ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Jamiyat va uning tizim korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan Jamiyatga qarashli Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari hamda Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash departamenti qo‘riqchilari obyektlarga kirish-chiqish, muhim texnologik uchastkalar va strategik inshootlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi.

Shu bilan birga, barcha obyektlarda videokuzatuv, signalizatsiya, aloqa va xabar berish tizimlarining sozligi qayta tekshirildi. Xodimlar va tashrif buyuruvchilarni tekshirish tartibi qat’iylashtirilib, bayram va dam olish kunlarida tashqi tashkilot vakillarining obyektlar hududiga kirishi imkoni qadar cheklandi. Hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ehtimoliy xavf va tahdidlarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

Tizim korxonalarida rahbar va mas’ul xodimlarning kechayu kunduz navbatchiligi tashkil etilib, obyektlarning barqaror va uzluksiz ishlashi uchun birinchi rahbarlar shaxsan mas’ul etib belgilandi.

"O’zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati