April 1

“O‘zbekneftgaz”da yangi qo‘riqlash tizimi: 625 nafar yangi ish o‘rni

Avval xabar qilinganidek, Jamiyatda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 100 kunlik” doirasida Sho‘rtan, Gazli hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida yangi tashkil etilgan qo‘riqlash xizmatlari uchun saralash imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlanib, shaxsiy tarkib to‘liq shakllantirildi.

Shaxsiy tarkib ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazilib, tegishli xizmatlar mutaxassislari tomonidan dastlabki yo‘riqnomalar tashkil etildi.

Mazkur islohotlar nafaqat xavfsizlik tizimini takomillashtirish, balki iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini ham bermoqda.

Eng muhimi, ushbu islohot natijasida boshqaruv tizimini optimallashtirish jarayonlarida ish o‘rni qisqartirilgan xodimlardan qo‘riqlash xizmatiga munosiblari sinov imtihonlari asosida tizimga qayta ishga qabul qilinib, ularning ijtimoiy himoyasi va bandligi ta’minlandi.

Qayd etish joizki, iqtisod qilingan mablag‘lar tizimni raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirishi rejalashtirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, obyektlar xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati