April 9, 2024

Yoshlar o‘rtasida breyn-ring musobaqasi o‘tkazildi

Ruscha

Toshkent shahridagi “Zakovat” intellektual klubida “O‘zbekneftgaz” AJ Yoshlar ittifoqi tashkilotchiligida “Breyn Ring” o‘yini o‘tkazildi.

Xodimlarda mantiqiy fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamoa bo‘lib harakat qilish, qaror qabul qilish va qabul qilingan tanlov uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan turnirda neft-gaz sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlardan iborat yigirma yetti jamoa o‘zaro bellashdi.

Finalda “O‘zbekneftgaz” AJ va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi jamoalari o‘zaro bahslashdi. So‘nggi daqiqalargacha deyarli teng imkoniyatlarda kechgan musobaqa zavod yoshlarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shunday qilib, birinchi o‘rin Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, ikkinchi o‘rin "O‘zbekneftgaz" AJ, uchinchi o‘rin "Uzbekistan GTL" zavodi yoshlariga nasib etdi.

Turnir so‘nggida g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook