“OGU-2025” — ilmiy tafakkur, salohiyat va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi platforma!
Ayni vaqtda, OGU 2025 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonda birinchi bor energetika sohasidagi nufuzli mahalliy va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida “Biznes Quiz” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqa energetika tizimidagi yetakchi mutaxassislar va sohaviy faollar ishtirokida bilim, zehn va strategik fikrlash sinoviga aylandi. Intellektual bellashuv sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, salohiyatli kadrlar faolligini rag‘batlantirish va soha imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqada quyidagi tashkilotlar jamoalari ishtirok etmoqda:
2. Atom energetikasi agentligi - “O‘zatom”
5. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
6. “Hududiy elektr tarmoqlari” MCHJ
7. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
10. “Milliy dispetcherlik markazi” DUK
15. “IGRNIGM” – Geologiya, neft va gaz qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti
16. “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” MCHJ
17. “Uz-Kor Gas Chemical” QK MCHJ
Ushbu musobaqa nafaqat intellektual sinov, balki soha ichidagi o‘zaro anglashuv, hamkorlik va kadrlar salohiyatini yanada rivojlantirish uchun muhim maydon sifatida xizmat qilmoqda.