Bolajonlar uchun Yangi yil bayram tadbirlari tashkil etilmoqda
Yangi yil bayrami — avvalo bolalar kulgusi. Bayram arafasida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqarma va korxonalari ishchi-xodimlari farzandlari uchun bayramona tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlar bolajonlarga quvonch ulashish, ularning yangi yilga bo‘lgan orzu va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Jumladan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodida bayram doirasida teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. Qashqadaryo viloyati “Qo‘g‘irchoq teatri” aktyorlari ishtirokida sahnalashtirilgan “Yangi yil archasi” spektakli bolajonlarda katta taasurot qoldirdi.
Shu kabi bayram tadbirlari “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi barcha korxona va tashkilotlarda ham izchil davom etmoqda. Bu esa, jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat, xodimlar va ularning oilalariga e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatdir.
Yangi yil arafasida bolajonlar uchun yaratilgan ana shunday bayramona muhit ularning qalbida shirin xotira sifatida saqlanib qolishi shubhasiz.