February 25

AQSH banki bilan yirik loyihalarni moliyalashtirish muhokama qilindi

Рус

“O‘zbekneftgaz” AJ hamda AQSHning “Citibank” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik 2021-yilda Jamiyatning xalqaro kapital bozoridagi ilk yevroobligatsiyalari chiqarilishi jarayonida boshlanganini qayd etish joiz. Jarayonda “Citibank” tashkilotchi banklardan biri sifatida ishtirok etgan edi.

Muloqotda “O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalari, kredit reytingidagi ijobiy o‘zgarishlar hamda kompaniyaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan geologiya-qidiruv ishlari, burg‘ilash dasturlari va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar strategik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati