January 21

"Air Products" bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Рус

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov "Air Products" kompaniyasining Yevropa va Afrika mintaqalari bo‘yicha Prezidenti Ivo Bols bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek neft-gaz sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash yo‘nalishidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, “Uzbekistan GTL” zavodining barqaror va uzluksiz faoliyatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda texnologik qo‘llab-quvvatlash, uskunalar ishonchliligini ta’minlash hamda zavodning uzluksiz ekspluatatsiyasi uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida, “O‘zbekneftgaz” AJ va "Air Products" kompaniyasi gazni qayta ishlash sohasida, shuningdek O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘idagi boshqa istiqbolli loyihalar bo‘yicha strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati