Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli “Zafarobod” neftni quyish va to‘kib olish estakadasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ob'ektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi inspektorlari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga e'tiborsiz bo‘lish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar misollar yordamida tushuntirilib berildi.
Shundan so‘ng neft mahsulotlarini quyish estakadasida sodir etilgan shartli yong‘in natijasida texnologik quvurdagi yorilish hamda atrofga kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyat o‘rganildi.
O‘quv mashg‘uloti jarayonida ishtirokchilarning ob'ektda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan qutqaruv ishlarini amalga oshirishdagi mustaqil va ishonchli harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Bu kabi mashg‘ulotlar — favqulodda holatlarning oldini olish va xavfsizlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.