September 10

Neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Birlashgan Arab Amirliklarining “Sakson Drilling & Oil Services” kompaniyasi ijrochi direktori Amir Sakkal bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar sohadagi mavjud istiqbolli yo‘nalishlar va kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomoni “SAKSON Group” vakillarining takliflarini ko‘rib chiqish, o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qilish hamda konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini chuqur o‘rganish, istiqbolli tashabbuslar bo‘yicha fikr almashish muhimligini qayd etdilar.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati