Yesterday

“Oʻzbekneftgaz” Gazli hududidagi konlarda qazib chiqarishni mustaqil amalga oshiradi

Рус

Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida energetika xavfsizligini mustahkamlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 100 kunlik” chora-tadbirlar dasturi oʻzining aniq va tizimli natijalarini bera boshladi. Shulardan biri — Gazli hududidagi konlarda uglevodorod qazib chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha qabul qilingan muhim strategik qarordir.

Jumladan, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov topshirigʻiga muvofiq, avval hamkorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan Gazli hududidagi 21 ta kon boʻyicha loyiha endilikda Jamiyatning oʻz kuch va moliyaviy resurslari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qoʻshimcha burgʻilash uskunalarini jalb qilish, yer usti kompressor stansiyalarini oʻrnatish, shuningdek, zarur moddiy-texnik resurslarni xarid qilish orqali qazib chiqarish jarayonlarini jadallashtirish koʻzda tutilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati