February 13, 2021

"Covid 19" ning ta'sirini kamaytirish, yuqtirishni oldini olish choralarini ko'rish bo'yicha davra suhbati.

12-fevral kuni "Oznaslchilik" Davlat korxonasida Qibray tumani Chingildi 26-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari hamda korxonaning ishchi xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Unda inson sog'lig'i bilan bog'liq bir qancha masalalarga to'xtalib o'tildi.

Jumladan poliklinika shifokori Muhabbat To'qsanova yurtimizdagi pandemiyaga sabab bo'layotgan "Covid 19" virusi haqida to'xtalib, uning yuqishi, asorati, yuqqanidan keyingi holatlar haqida batafsil javob berdi.

Shuningdek, shifokor Erkin Xolboyev gigienaga amal qilish, gigiena qoidalari xususida ma'ruza qildi.

Davra suhbati xodimlar va shifokorlarning o'zaro savol-javoblariga ulanib ketdi. Tadbir so'nggida "O'znaslchilik" Davlat korxonasi direktori Olimjon Mamatqulov so'z olib, korxonaga tashrif buyurgan mehmon shifokorlarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.