O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 455-sonli farmoyishiga asosan, 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi hamda 21 avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilan edi.
Bugun "O'znaslchilik" Davlat korxonasi direktori O.Mamatqulov rahbarligidagi korxona xodimlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Chindelgi qishloq oilaviy poliklinikasida koronavirusga qarshi AQSHda ishlab chiqarilgan "Moderna Covid-19 Vaccine" vaksinasi bilan emlandi.
Joriy yilning 18-may kuni "O'znaslchilik" DK ga Tojikiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi delegatlari - «Tojikiston parrandachilik sanoati» DUK direktori – Nazarov Mashokir Fozilovich , «Asali Tojikiston» asalarichilik DUK rahbari – Xalimov Muzaffar Boboxonovich , Respublika naslchilik, sun’iy urug‘lantirish va zotli hayvonlar muassasasi rahbari – Muqimzoda Xafiz Gado , «Asali Tojikiston» asalarichilik DUKning Sug‘d viloyatidagi vakili – Xakimov Gufronxodjalar tashrif buyurdi.
“O‘znaslchilik” davlat korxonasida “Sog‘ tanda - sog‘lom aql” shiori ostida 2021-yil 18-19-mart kunlari sportning “Shashka” turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Naslchilik subyektlariga soliq to‘lashda bir qator imtiyozlar berildi, deb ma’lum qilmoqda “O‘zbekchorvanasl” agentligi boshqarma boshlig‘i Nargiza Amanbayeva.
Bugun "O'znaslchilik" Davlat korxonasida Samarqand veterinariya va meditsina instituti Toshkent filiali "Zooinjeneriya" fakulteti 1-bosqich talabalari hamda korxonaning xodimlari ishtirokida o'quv seminari bo'lib o'tdi. Seminarda "O'znaslchilik" Davlat korxonasi direktor o'rinbosari Ne'mat Qobilov so'zga chiqib, korxonaning bugungi kundagi faoliyati, uning tarixi, naslchilik va chorvachilikdagi ish jarayonlari hamda korxonaning veterinariya sohasida qo'shayotgan hissasi haqida nutq qildi.