Hashar — Elga yarashar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 455-sonli farmoyishiga asosan, 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi hamda 21 avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilan edi.
🔰 “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:
➖ mahallalar;
➖ aholi yashash xonadonlari;
➖ ko‘p qavatli uy atroflari;
➖ guzar va xiyobonlar;
➖ ziyoratgoh va qabristonlar;
ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilishi belgilangan.
_
"O'znaslchilik" Davlat korxonasi ham mazkur hasharga o'z hissasini qo'shish maqsadida, joriy yilning 21-avgust kuni erta tongdan Korxonaning ichki va tashqi hududini hashar yo'li bilan tozalash va obodonlashtirish ishlarini boshladi. Korxona direktori O.Mamatqulov boshchiligida boshlangan mazkur tozalik ishlari jamoaning yuqori kayfiyatda umumxalq xayriya hasharida faol qatnashishiga sabab bo'ldi.
"Hashar - elga yarashar" shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharini boshlagan xodimlar jamoasi, hasharni yuqori ruhda davom ettirishmoqda. Umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kun davomida Korxona hududida va Respublikaning ko'plab korxona va tashkilotlarida davom etadi.
_
_
_
_
_
_