"O'znaslchilik" DK ga Tojikiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi delegatlari tashrif buyurdi.
Joriy yilning 18-may kuni "O'znaslchilik" DK ga Tojikiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi delegatlari - Ā«Tojikiston parrandachilik sanoatiĀ» DUK direktori ā Nazarov Mashokir Fozilovich , Ā«Asali TojikistonĀ» asalarichilik DUK rahbari ā Xalimov Muzaffar Boboxonovich , Respublika naslchilik, sunāiy urugālantirish va zotli hayvonlar muassasasi rahbari ā Muqimzoda Xafiz Gado , Ā«Asali TojikistonĀ» asalarichilik DUKning Sugād viloyatidagi vakili ā Xakimov Gufronxodjalar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, delegatlar korxonaning tarixi va tarixiy bosib o'tgan yo'li, hozirgi kundagi faoliyati, korxonaning Respublikamizdagi naslchilik sohasidagi o'rni, sun'iy urug'lantirish uchun naslli zotdor buqalarning urug'larini yetkazib berish jarayonlari va korxonaning boshqa faoliyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Korxonaning direktori O.Mamatqulov, bosh zootexnigi Sh.Mamataliyev tomonidan korxonadagi naslli zotdor buqalar va ularning turlari, labaratoriya xonasi delegatlarga yaqindan tanishtirildi.
_
_
_
_
Tashrif so'ngida delegatlarga korxona direktori O.Mamatqulov tomonidan esdalik sovg'alar topshirildi. Shu bilan Tojikiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi delegatsiyasiyasining "O'znaslchilik" Davlat korxonasiga tashrifi yakunlandi.
_
_
Bizni kuzatishda davom eting:š
I Telegram (https://t.me/uznasl)
I Facebook (https://www.facebook.com/uznaslchilik)
I Instagram (https://www.instagram.com/uznasl_chorva_1956/?hl=ru)
I You tube (https://www.youtube.com/channel/UCRRSQNVIfxy2rfNm_d4_l0w)