“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent tumani bo‘limi tomonidan Qibray tumani hududida joylashgan VK-20 suv inshootiga ЭЦВ 12 150-62 nasos agregati o‘rnatildi, shuningdek, suv yetib bormayotgan ayrim xonadonlarga maxsus avtoulov orqali yetkazib berilmoqda
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Aminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta ta'mirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Toshkent tumani nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan Qibray tumani hududida joylashgan VK-20 suv inshootiga ЭЦВ-12 150-62 nasos agregati o‘rnatildi.
Mazkur suv inshooti orqali “Sirg‘ali”, “Sarke”, MFYlarda xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan ta'minlanmoqda.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Toshkent tuman bo‘limi mavjud ichimlik suvi tarmoqlari orqali “Sirg‘ali”, “Faravon”, “Sarke”, “Ma’rifat” va “Xalimkup” MFYning ayrim ko‘chalaridagi xonadonlarga suv yetib borilmayotganligi sababli maxsus suv tashuvchi avtoulov orqali yetkazib berish tizimi ishga tushirilgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ tomonidan aholiga yetkazilayotgan ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsizdir.
Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Ichimlik suvi quyidagi hollarda maxsus suv tashish avtoulovda yetkazib beriladi:
- ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo‘lmagan hududlarga;
- ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chog‘ida;
- ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
- favqulodda vaziyatlarda.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.