“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Аngren shahar boʼlimiga qarashli “Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshootidan chiquvchi suv quvurida nosozlik holati bartaraf etilganligi bo‘yicha RАSMIY BАYОNOT (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
2023-yil 25-may kuni soat taxminan 01:35da “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Angren shahar bo‘limiga qarashli “Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshootidan chiquvchi diametri Ø1020 mm li suv quvurida nosozlik holati sodir bo‘lganligi to‘g‘risida axborot berilgandi.
Uch kun davomida “Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshooti ishchi-xodimlari tomonidan avariyani bartaraf etish bo‘yicha tez sifatli ishlar amalga oshirildi.
Bugun, 27-may soat taxminan 20:30da “Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshootidan chiquvchi diametri Ø1020 mm li suv quvuridagi uchta nuqtasidagi yuqori darajada yoriq va boshqa avariya holatini keltirib chiqaruvchi omillarini bartaraf etgan holda avariya mutaxassislar tomonidan 100 foiz bartaraf etildi.
Hozirgi paytda “Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshootidagi va chiquvchi diametri Ø1020 mm li suv quvuri to‘liq suvga boyitilgandan so‘ng, mahalla fuqarolar yig‘iniga tizimli bosqichma-bosqich suv bosimini asta-sekinlik bilan ko‘tarilgan holda yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Angren shahar bo‘limi va tegishli tashkilotlar hamkorligida maxsus suv tashish avtoulov orqali “Yoshlik”, “Dorilfunun”, “Istiqlol”, “Mustaqillik”, “Karvon” mahalla fuqarolar yig‘iniga ichimlik suvi uzliksiz yetkazib berilmoqda.