June 24, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: DIQQАT!!!  BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida eʼlon qilingan videolavhaga ishonmang! (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Bugun, 24 iyun soat 09:40(42)da BO'STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida quyidagi mazmunda – Talpin..
Xurmatli suv taminoti masullari 32 dm li ichimlik suvi turbasida qaysi amoldorga boradi.

Xalqdan ustun bo'lganlarni tanishtirmaysizlarmi.

Avvalo suv taminoti masullari ga raxmat murojatlarni inobatga olgani uchun.

Ammo axoliga suv yitib bormasdan 32 dm da suv berish ortidan yana axolida yetiroz bo‘lmoqda.

Bo‘stonliq tumani SUV taminoti raxbari Yermetov Jalol bey yetibor qaratadi digan umiddamiz.

– deb, videolavha murojaat ko‘rinishda e’lon berilgan. (murojaat tahrirsiz e’lon qilinmoqda).

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Bo‘stonliq tuman bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan “Talpin” MFY Hamid Olimjon ko‘chasida Markaziy ichimlik suv ta’minotiga iste’molchilarning ulanish holatlari o‘rganildi.

O‘rganishlarga ko‘ra, BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida e’lon qilingan videolavhadagi diametri Ø32 ichimlik quvuri Markaziy ichimlik suv tarmog‘iga ulanmaganligi aniqlandi.

Video havola qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz: joriy yilning 19 iyunida BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida axborotni to‘g‘riligini tekshirmasdan videolavha e’lon qilingan edi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, sohaga dahldor muammo va boshqa maʼlumotlarni OАV hamda axborot resurslarda eʼlon qilinishdan oldin, qanchalik to‘g‘rilikni tekshirib, taqqoslab olinishi so‘raladi.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmog‘da tarqalgan ushu videolavha O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonunning 12 (1)-moddasining 2-qismiga muvofiq buzulgan.

Xususan “hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, uni darhol o‘chirib tashlashi” – deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.

"Toshkent suv taʼminoti " MCHJ Matbuot xizmati

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.