July 18, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray tumani “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootiga yangi suv tarmog‘ini ulash ishlari olib borilayotganligi sababli 41 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. RASMIY BAYONOT  (FOTO)

Bosh sahifa | Русский язык

Avval xabar berilganidek, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Qibray tumani bo‘limiga qarashli “Qodiriya” suv olish inshootiga yangi diametri Ø1000 mm li suv tarmog‘ini ulash ishlari yakuniga yetib qoldi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ tomonidan yangi nasos agregati o‘rnatish ishlari olib borildi.

2023-yilning 19-iyul kuni soat 06:00 dan 20-iyul 06:00 ga qadar:

– Qibray tumani Mustaqillik, O‘tkir, Ilg‘or, Mehnat, Madanyat, Taraqqiy, Ziyokor, Qurilish, Yangi hayot, Yonariq, Guliston, Parvoz, Bo‘ston, Istiqlol, Chinobod, Uzumzor, Oq-oltin, Po‘lat qadam, Xo‘jaqo‘rg‘on, Shalola va May mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) hududlaridagi 16079 ta xonadondagi 72351 nafar aholi;

– Toshkent tumani Guliston hududdi G‘ishtko‘prik, Sarke, Sirg‘ali, Sanoat, Ayriota, Qashqarlik, Quruvchi, Ibrat MFY, Yunusobod hududi Raxbarobod, Oydin hayot, Darxon, Avliyoota MFY;

– Ko‘kterak hududdida Kensoy, Qirariq, Uchsada, Uchchinor, Ko‘kterak, Sag‘bon, Ma’rifat, Faravon, Kalas MFY hududlaridagi 12617 ta xonadonda 56778 ta aholiga berilayotgan ichimlik suv ta'minoti to‘xtatiladi.

FOTOLAVHALAR

Maʼlumot uchun, “Qodiriya” suv ko‘tarish inshooti tarkibi 9 ta bo‘limdan iborat: 2 ta suv tindirish havzasi, reagent xo‘jaligi, 2 ta suv ko‘tarish stantsiyasi, sizotlash, xlorlash bo‘limlari, toza suvni saqlash havzalari, oqova suv uzatish nasos stantsiyalari.

Tozalash ishlari tindirgichlardan boshlanadi. Bu yerda Bo‘zsuv kanalidan suvni qabul qilib, uning tarkibidagi loyqaliklar 8-10 mg/d kub metrgacha tindirib beriladi.

Tindirgichlardagi loyqalik suyuq achchiqtosh yordamida havza tubiga cho‘ktiriladi. Cho‘kkan loyqalik suvda suzuvchi loyqa suv surish uskunasi yordamida so‘rib olinib, loyqa suv tashlash quvurlari orqali aylanma kanalga tashlanadi.

Reagent xo‘jaligida qattiq achchiqtosh qabul qilinadi, eritiladi, suyuq holda saqlanadi va yana suv tarkibidagi qoldiq loyqalik tindiriladi.

Reagent xo‘jaligi tarkibi:

4 ta qabul qilish havzasi;

3 ta suyuq achchiqtosh saqlash havzasi;

bino ichida 4 ta;

tashqarisida 2 ta ishchi hovuzlar.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati