November 2, 2024

#tanlov #qizlarjonklubi #inglizfilologiyasi

Aleksandr Faynberg – taniqli o‘zbek adibi, tarjimon va adabiy muharrir bo‘lib, o‘zining boy ijodiy merosi bilan adabiyot ixlosmandlari orasida hurmatga sazovor. Faynberg ko‘plab o‘zbek va jahon adabiyoti asarlarini tarjima qilgan va ularni keng o‘quvchilar ommasiga tanishtirgan.

Uning asarlarida insoniylik, ruhiy izlanishlar va hayotiy haqiqatlar teran ifoda etiladi.

🩶 Tanlovda jami 10 ta talaba-qizlar ishtirok etib, belgilangan 3 ta shart asosida bellashishdi. Dastur davomida shoirning hayoti va ijodi haqida informatsion videorolik namoyish etildi. Shuningdek, adib qalamiga mansub she'rlar ifodali tarzda yoddan aytilib, savol-javoblar bo'lib o'tdi.

🇺🇿Tanlov fakultetning "Qizlarjon" klubi sardori Shahzoda Meliqo'ziyeva hamda Faynberg stipendianti Ibrohimova Nozima tashabbusi bilan tashkil etildi

✅ Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomi va baholash mezonlari asosida xolis va shaffof tarzda gʻoliblar aniqlandi. 🥇-o'rin — Insopaliyeva Qunduzxon. 🇬🇧Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi, 🥇-o'rin — Madaminova Sarvinoz 🇬🇧Ingliz tili uchinchi fakulteti talabasi, 🥈-o'rin — Turg'unboyeva Arofat 🇺🇿Ingliz tili birinchi fakulteti talabasi 🥉-o'rin — Shokirova Saodatoy 🇷🇺 Rus filologiyasi fakulteti talabasi.