
OITSga qarshi kurash haftaligi butun dunyoda har yili noyabr oyining oxiri va dekabr boshida o‘tkaziladi. Ushbu haftalikning asosiy maqsadi – aholining xabardorligini oshirish, xavfsiz hayot tarzini targ‘ib qilish va OITS infeksiyasiga qarshi kurashda birlashishni rag‘batlantirishdir.

Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim 1-kurs kafedrasi hamda ustoz Dildora Abdukarimova, tyutor Sadoqat Nurullayevalar tomonidan "Millatlar hamdoʻstligi — davlat tinchligining ramzi" mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova va fakultet tyutori N.Mannonovalar boshchiligida talaba-qizlar uchun moʻljallangan tikuvchilik toʻgaragi tashkil etildi.

Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori M. Abdullayeva, N.Oroqboyevalar tashabbusi bilan 1-dekabr "OITS'ga qarshi kurash kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, xalqimizning badiiy savodxonlik darajasini oshirish, yurtimizdagi islohot va yangilanishlarning mazmun-mohiyatini yoshlar hamda aholi ongiga to‘laqonli ravishda yetkazish, o‘zlikni anglash hamda ajdodlarga munosib avlod bo‘lish kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib etish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Davra suhbati "Jaholatga qarshi kurash ma’naviyati” mavzusi ostida oʻtkazildi. Unga Uchtepa tumani IIO FMB 3-IIB HPB XQMB katta inspektori katta leytenant G.X.Xudjayeva, mayor Sh.R.Abdukarimovalar mutaxassis sifatida taklif etildi. Suhbat davomida mavzu bo‘yicha tushunchalar berib o‘tilib, jaholat va ma’rifat o‘rtasidagi farq, ma’naviy tarbiyaning ahamiyati muhokama qilindi.

16-noyabr kuni "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz" shiori ostida xorijlik hamda turli xil millat vakillaridan iborat 2450-guruhi bilan birgalikda azim Toshkent shahrining diqqatga sazavor joylari hamda tarixiy obidalariga sayohat amalga oshirildi.

Talabalar sog'lomlashtirish maqsadida erta tongdan turli mashqlar bajarishdi, yugurishdi va 5000 qadam bosib o'tishdi. Bu, albatta, barcha talabalarga pozitiv kayfiyat ulashdi hamda kun bo'yi tetik yurishlarini ta'minladi. Sog'lig'iga e'tiborli bo'lgan har bir kishi uchun bunday loyihalar, shubhasiz, foydali bo'ladi degan umiddamiz!

Suhbat Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari o‘qituvchilari N.A.Rasulova va N.I.Turayevalar tomonidan tashkil etildi. Ushbu tadbirda diniy ma’rifatning ahamiyati, millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglikni rivojlantirish borasida fikr almashildi.