#tyutorlar_faoliyati
Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, xalqimizning badiiy savodxonlik darajasini oshirish, yurtimizdagi islohot va yangilanishlarning mazmun-mohiyatini yoshlar hamda aholi ongiga to‘laqonli ravishda yetkazish, o‘zlikni anglash hamda ajdodlarga munosib avlod bo‘lish kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib etish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida adabiy-ma’rifiy uchrashuvlardan biri Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari G.Shirinkulova, Z.Nazarova va Sh.Hamidovalar tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi rahbari Munira Ramazonova taklif etildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ijodkordan atroflicha javoblar oldilar. Tadbir qizg‘in savol-javoblar va fikr-mulohazalar almashinuvi bilan yakunlandi.