#tyutorlar_faoliyati #Sog' tanda sog'lom aql
Talabalar sog'lomlashtirish maqsadida erta tongdan turli mashqlar bajarishdi, yugurishdi va 5000 qadam bosib o'tishdi. Bu, albatta, barcha talabalarga pozitiv kayfiyat ulashdi hamda kun bo'yi tetik yurishlarini ta'minladi. Sog'lig'iga e'tiborli bo'lgan har bir kishi uchun bunday loyihalar, shubhasiz, foydali bo'ladi degan umiddamiz!
Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Abdullayeva Matluba Abdullayevna tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida "5000 qadam" loyihasi tashkil etildi
Sog‘lom hayot – muvaffaqiyatli ta’limning garovi! Har bir qadam bizni kuchliroq, bilimga chanqoqroq va maqsadimizga yaqinroq qiladi. Keling, sog‘lig‘imizni mustahkamlashni bugunoq boshlaylik!
Talabalar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish;
Kundalik yurish odatini shakllantirish;
Stressni kamaytirish va umumiy sog‘liqni yaxshilash;
Sog‘lom va faollik ruhini mustahkamlash.
Unutmang: Har bir kichik qadam – katta maqsadlarga olib boradi! Sog‘lom bo‘ling, faollikni hayotingizga olib kiring va o‘z salomatligingizga investitsiya qiling!