November 23, 2024
#to'garak faoliyati
Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova va fakultet tyutori N.Mannonovalar boshchiligida talaba-qizlar uchun moʻljallangan tikuvchilik toʻgaragi tashkil etildi.
Unda talaba-qizlar oʻz ijodlarini namoyish etish, yangi koʻnikmalarni oʻrganish va bir-birlari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Tikuvchilik san’ati orqali nafaqat kiyimlar yaratish, balki oʻzligini ifoda etish va stressni yoʻq qilish mumkinligi ta’kidlandi.