November 24, 2024

#kechki_ta'limda_tadbir

Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim 1-kurs kafedrasi hamda ustoz Dildora Abdukarimova, tyutor Sadoqat Nurullayevalar tomonidan "Millatlar hamdoʻstligi — davlat tinchligining ramzi" mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

5 tashabbus doirasida talabalarni san’at hamda madaniyatga qiziqishini oshirish maqsadida Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim 1-kurs kafedrasi ustozi Abdukarimova Dildora hamda tyutor Sadoqat Nurullayevalar tomonidan "Millatlar hamdoʻstligi — davlat tinchligining ramzi" mavzusida ajoyib tadbir dasturi tashkillashtirildi.

Tadbirga Ingliz tili o'qituvchisi, bugungi kunga qadar 70ta davlat va 218ta shaharda boʻlgan gid, tarjimon Barno Renfro hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Dunyo boʻylab" telekanali katta muharriri Mohinur Doʻstmuhammedova taklif etilib, hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etdi.

Kechki ta’lim 1-bosqich talabalari 2401-guruhdan 2411-guruhgacha jami 11ta guruhning barchasi faol qatnashib, har bir guruh turli davlatlarning urf-odatlari, an’analari, madaniyati, milliy kiyimlari va raqslarini namoyish etdilar.

Dastur yakunida, tadbir ishtirokchilari hakamlar hay’ati tomondan turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanishdi.