February 5, 2025

QOʻLIMDAN TUT

Erta tong

Koʻzlarimni yuragimning qattiq sanchib ogʻrishi sababli zoʻrgʻa ochar ekanman meni deyarli umuman bezovta qilmayotgan bu yurak kasalligi bugun erta tongdan meni nega bezovta qilganini chunmas edim. Mening fikrimcha buning hammasi mening ongimda kecha paydo boʻlgan fikrlar sabab. Ongimiz butun tanamizni boshqaradi aslida, u buyruq beradi qolgan tana a'zolarimiz esa buyruqni bajaradi. Kecha doktor janob Jasver bergan ogʻriq qoldiruvchi dorini ichib, yana joyimga yotdim va qolgan umrim davomida qilishni xohlaydigan ishlarim roʻyxatini miyyamda tuzib oldim. Bu orzularni eshitgan odam meni aqldan ozgan deb oʻylashi hech gap emas edi. Masalan: Dengizda delfinlar bilan suzish, ancha oldin uyimizdan ikki chaqirim narida ochilgan qaxfaxonaning barcha qaxvalarining ta'mini tatib koʻrish, sakura daraxti gullagan payt oyoq kiyimsiz sakura yaproqlari ustida raqsga tushish, uni his qilish, uyimni gʻayrioddiy ranglarda boʻyash, yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir qizning sochini yashil rangga boʻyaganini koʻrgan edim bu juda ham oʻzgacha va jozibali koʻrinardi men ham sochimni yashil rangga boʻyashni xohlardim. Hozircha faqat shularnigina bajara olsam shuning oʻzi katta baxt. Xohishlarim yana bor va judayam koʻp ammo bunga umrim yetadimi yoʻqmi bilmayman.

Yotogʻimda oʻz hayollarim bilan yotar ekanman soatning meni uygʻotish uchun chalinayotgan ovozini eshitib, oʻrnimdan zoʻrgʻa turib uni oʻchirdim

- Hoʻsh Elora sen bu orzularingni amalga oshirishing uchun albatta ishlashing zarur

Oʻzimga oʻzim mativatsiya berib telefonda yoqimli qoʻshiq qoʻyib, raqsga tushgancha yuvinib chiqdim. Kecha xoʻjayinimiz katta raxbar chet eldan qaytib kelganini aytgan edi. Unga mos tajribali kotiba topa olishmagani sabab endi uning kotibasi boʻlib ishlar ekanman. Eshitishim boʻyicha raxbarimiz juda qattiqqoʻl inson ekan. Ishga kelganida stoli ustida Iced Americano boʻlishi shart ekan bu degani men ishga oʻn ón-besh daqiqa oldin borib uning xonasiga Americano olib kirib qoʻyishim kerak. Qiziq har doim bir xil cofeeni ichish uning joniga tegmaydimi axir cofee turlari juda koʻp. Men har hil turdagi cofee taʼmini tatib koʻrish uchun har kuni har xil cofee ichaman.

Oyna qarshisiga kelib kiyimlarimni toʻgʻirlab doimgidek oʻzim uchun cofee olishga qaxfaxonaga kirdim, sotuvchilar ham meni tanib qilishganligi sabab 1 hafta ichida juda yaqin boʻlib qoldik

Qaxfaxona

- Hayrli tong) tabbasumimni hammaga hadya qilgancha ichkariga kirdim juda ham yaxshi qizman-e

- Senga ham hayrli tong) Dohyun meni ham tabbasum bilan qarshi oldi

Bu qaxfaxona yaqinda ochilganligi sabab bu yerda faqat qaxfaxona egasi Dohyun va uning ukasi Jiyong birga ishlashar edi

- Jiyong koʻrinmaydi

- Kecha universitetda birga oʻqigan kursdoshlari bilan yigʻilishib ichishkan ekan kechasi tungi 3 da mast holatda uyga kirib keldi

- E-ha endi uni bosh ogʻrigʻi yaxshigina jazolaydi

- Ha bu aniq, kecha shifokorga bormoqchi ekanligingni aytgan eding, senda hammasi joyida ekanmi

Shifokor soʻzini eshitar ekanman biroz koʻnglim gʻash boʻldi ammo janob Jasverning soʻzlari yana hayolimga kelib oʻzimda kuch topdim

- Hammasi joyida shunchaki biroz shamollab qolgan ekanman

- Jiddiy muommo boʻlmasa yaxshi unda bugun senga muzdek narsa tayorlab bermayman

- Yaaaaaa Dohyun jiddiy narsa yoʻq axir qara men yaxshiman

- Yoʻq men senga hozir Cappuchino tayorlab beraman uni ham albatta tatib koʻrishing zarur

- Mayli sen qaysarni fikringdan qaytarib boʻlmaydi

Elora tabbasum qilgancha soatiga qarar ekan ish boshlanishiga yarim soat qolganini koʻrib bugun har doim kech chiqadigan uyidan juda ham vahli chiqqaniga hayron qoldi.

- Elora xonim Cappuchinoyingiz tayyor

- Katta raxmat) telefoni yordamidi toʻlovni amalga oshirib ish sari yol oldim.

Dohyun

15 daqiqalar ichida ishxonaga yetib kelgan Elora sumkasini stoli yoniga qoʻyib, ishxonaning har bir qavatiga qaxfa damlash uchun ochilgan qaxfaxonaga yoʻl oldi.

- Toʻxta oʻzi Iced Americano qanday tayyorlanadi bu boshliq ham boshqalar kabi oddiy qaxva ichsa nima qilar ekan) asabdan tirnoqlarimni tishlar ekanman birdan Dohyun hayolimga keldi

- Dohyun ahir Dohyun borku undan soʻrayman) birdan quvonib telefonimdan Dohyunning raqamini qidirib unga qoʻngʻiroq qildim

- Alooooo Dohyun

- Elora tinchlikmi

- Ha Dohyun menga juda ham yordaming kerak haligi Iced Americano qanday tayyorlanadi mening yangi boshligʻim axmoqqa oʻxshab faqat Iced Americano ichar ekan

Telefonda kulgi ovozini eshitgan Elora ham kulib yubordi

- Eshit birinchi boʻlib idishga asal solasan faqat sifatli suyuq asaldan ishlat agar boʻlmasa quyuq asalni biror yoʻl bilan eritishga harakat qil

- Endi asalni qayerdan topdim) nolibgina qaxva damlovchi moslama yonida turgan javonni ochar ekan javon ichida turgan asalni koʻrib quvonib ketdi

- Biram omadli qizman topdim

- Yaxshi endi birinchi kichik stakanga issiq suvga Americano damla ichiga asal ham shakar ham qoʻshma

- Hozir...boʻldi tayorladim

- Endi boshqa kattaroq stakanga boʻya topgan asalingni sol

- Aha qancha solishim kerak) telefonining ovozini baland qilib stol ustiga qoʻyib Dohyun aytgan ishni qilishni boshladi

- Aslida bizda asalni oʻlchash uchun maxsus idish boʻladi sen qichiq qoʻshiqda 3 qoshiq solsang yetadi

- Soldim endi nima qilay

- Asal solgan idishinga muz sol idishni yarmidan ozroq koʻp. Idish deyarli muz bilan toʻlgan boʻlishi kerak

Elora qaxvaxonadagi kichik muzlatgich ichidan muz olib idishga soldi

- Soldim

- Ana endi boya tayorlab olgan Americanoni muz solingan idish ichiga sol

- Aha endichi

- Endi oʻsha kichik skatakan ichiga muzdek suv solib keyin uni muz solgan idishing ichiga sol va Iced Americano tayyor

- Vahhhhhh raxmat Dohyun meni qutqarib qolding bu yaxshilihing uchun bugun kechga birga toppoki yegani boramiz

- Yaxshi koʻrishguncha mijoz kelib qoldi

- Hop raxmat

- Bu yer telefonda gaplashadigan joy emas

Elora tabbasum qilib telefonni ochirar ekan biroz tanish, yoʻgʻon inson ovozi uni qoʻrqitib yuborganligi sabab qoʻlidagi telefoni tushib ketdi

- Ayshhh siz kim boʻldingiz endi

Elora jaxl bilan eshik yonida turgan yigitga qarar ekan kecha uni turtib yuborgan yigitni koʻrib hayron boʻldi

- Siz... Siz bu yerda nima qilayapsiz

- Aslida sen kimsan bu yerda nima qilyapsan

Amerikadan qaytib kelishni umuman xohlamagan edim lekin dadamning ogʻir kassalligi sabab Koreaga qaytib keldim. Bu yerda qancha qolishimni oʻzim ham bilmayman lekin qaytib kelgan kunimdan boshlab bunga afsuslana boshladim. Kechagi miyyasi bilan urshib qolgan qizni yaqinda qurilishi bitgan ishxonamda koʻrib hayron boʻldim, yana bu qiz meni tanimasdan turib meni odatimni axmoqqona deb atashga ulgurdi. Menimcha u bu yer meni ishxonam ekanligini bilmasa kerak

Sunghoon

- Men shu yerda ishlayman hosh endi siz aytting bu yerda nima qilyapsiz

- Men... ha bu yerda yangi ishchiman) negadir bu yer raxbari ekanligimni unga aytgim kelmadi. - Telefonda gaplashib nima tayyorlayotgan eding

- A ha haligi bugun bu yerning haqiqiy raxbari katta boʻshliq kelar ekan. Mening tajribam borligi uchun meni unga kotibasi qilib qoʻyishdi. U ovsar boʻshliq esa har kuni Iced Americano ichishi shart emush men esa Iced Americano tayyorlashni bilmayman. Shunga doʻstimdan soʻrayotgan edim. Ha siz yangi boshliqni koʻrmadingizmi. Aytishlaricha u vaxshiy ekan yana doim qora kastyum shim kiyib odamni yanada qoʻrqitishga urinar ekan, unga uncha muncha odam chiday olmas ekan men esa unga chidashim kerak.

- Nega chidashin kerak) jin ursin hali yaxshi tanimagan odamim meni necha marotaba haqoratlaganini bilmayman ammo hozir miyyam qabul qilayotgan yagona narsa nega uning koʻzlari buncha chiroyli, bir koʻrishda insonni koʻzlariga gʻarq qila oladi aynan hozir men uni koʻzlariga gʻarq boʻldim

- Nega kerak boʻlardi? Pul ishlash uchun albatta orzularimni amalga oshirish uchun, shundoq ham faqat bu oy ishlasam boʻldi keyin ketaman

- Ketaman... qayerga ketasan?) birdan meni gʻarq qilgan koʻzlaridan koʻzimni uzib unga qaradim. Ketaman dedimi, lekin nega men bundan xafa boʻlayapman.

- Ha oʻzi pul yegʻib yurgan edim bu oygi oyligimni ham olsam orzularim tomon yoʻl olaman

- Haaaaa

- Vayyy boshliq kelib qolgan boʻlsa kerak kecha ham oʻzingizdan katta odamni yasab asabimni buzgan edingiz, bugun esa sizni deb ishga kech qoladigan boʻldim

2-qism tugadi. Reaksiya va fikr bildirib qoʻyish tekin unutmang
Avtor: Kamizuki Gowon
Kanal: @Charming_fanfic