February 21

STRANGE LOVE...SEASON 2...EP3

J: Hech boʻlmaganda oʻqishda biror narsani eslaydi deb oʻylagandim afsuski hech narsani eslay olmayotganga oʻxshaydi) past ovozda oʻziga oʻzi gapirib

Dars doimgidek tinchlik bilan boshlandi, ustoz xonaga kirib doskaga bugungi mavzuni yozarkan eshik ochilib uzr soʻragancha xonaga Nara kirib keldi

N: Salom janob uzr biroz kech qoldim

U: Nara bu nechinchi marotaba kech qolib kelishing yana bir marotaba bu holat takrorlansa ota onangni chaqirishga majbur boʻlaman!

N: Uzr uzr janob boshqa takrorlanmaydi

Nara ustozining tanbehlarini eshitib nihoyat sinfga qararkan unga tikilib turgan Jimin va oxirgi partada boshini parta ustiga qoʻygancha uxlab yotgan Sugani koʻrib oʻylab ham oʻtirmasdan Suganing yoniga borib oʻtirdi

N: Salom sevgilim bugundan oʻqishga chiqibsanda

Suga Nara sabab koʻzini ochib partadan boshini koʻtararkan oʻtkir nigoh bilan Naraga qaradi

S: Menga qara hoy qizaloq oʻzingni aqilli deb oʻylayabsanmi? Meni asabimni buzib oʻzingdan sevgilimni yasab olma oxiri yomon boʻladi!

N: Nima bu gaping bilan nima demoqchisan?

S: Yolgʻoningni bas qilib boshqa joyga borib oʻtir

Suga yana boshini qoʻyib yotmoqchi boʻlganida oldi partadan koʻtarilgan nozik, kichik oppoq qol uning e'tiborini tortdi, u tomonga qarab bu yigit Jimin ekanligini koʻrib e'tiborini oʻsha tomonga qaratdi sekinlik bilan blond(sariq) sochli Jimin oʻrnidan turib ustozning savoliga javob berarkan Suganing butun eʼtibori u tomonda edi. Suga hech narsani oʻylamasdi shunchaki Jiminga qarab turish unga yoqayotgandi.

Nara esa bu holatdan bir Sugaga bir Jiminga qarab asabiylasha boshladi

Pov Nara
Nega Suga hech ham menga bunday mehr koʻzlari bilan hech ham qaray olmaydi, nega meni Jiminni sevganchalik seva olmaydi? Nega? Xotirasini yoʻqotganiga qaramay yana Jiminga sevgi koʻzlari bilan qaraydi. Menga ham bir bor...bir bor mehr bersang edi. Sen uchun hamma narsaga rozi boʻlgan boʻlardim. Hech ham oʻylamagandim shuncha yil hech kimni sevmay yurib, sevgilisi bor yigitni telbalarcha sevib qolaman deb

N: Sen yana oʻsha Jiminga shunday mehr koʻzlari bilan qarayabsanmi? Nima uni senga qilgan ishlari esingdan chiqdimi?) jaxl bilan Sugaga yuzlanib

S: Nima yana qanday yolgʻonni boshlamoqchisan soxta sevgilim) Naraga masxa qilgandek qarab

N: Bu hech qanday yolgʻon emas! Kel ogʻir boʻlsa ham senga haqiqatni aytaman. Sen bu bolani oldin sevarding, chin yurakdan, telbalarcha sevarding afsuski endi esa hotirang yoʻqolgani sabab yana uni sevib qolayabsanmi?

Suga Naraga qararkan negadir Naraning gaplarida, qarashlarida hech ham yolgʻon koʻrmasdi. Aslida Naraning bu qatʼiy qarashlarida faqat va faqat jaxl bor edi...

N: Dadang Jimin va sen birga boʻlishingizni hech ham xohlamasdi. Chunki sizlar badavlat oilasizlar, Jiminning boʻlsa otasi yoʻq onasi bilan birga yashaydi hattoki pul topish maqsadida kafelarda ofitsiant boʻlib ishlardi. Bizni tanishuvimizga ham Jimin va dadang sababchi aslida! Jimin va Sen baxtli edinggiz, lekin Jimin birdan oʻzgarib qoldi, keyin esa oradan koʻp vaqt oʻtmay dadang Jiminga sendan vos kechishi uchun katta miqdorda mablagʻ berganini bilib qolib, alamingdan barlarga borib ichkilik ichib, ichlikka berilib ketding, seni ichkiliklar olamidan olib chiqqan men edim. Toʻgʻri bu qiyin edi lekin Suga biz uddalagandik iltimos...iltimos qilaman yana bir bor bu xatoni takrorlama) Naraning koʻzidan koʻz yosh oqa boshladi. Bu koʻz yoshlar hech ham soxta emasdi shunchaki sevgisiga erishish uchun qilayotgan ishlari sabab oqayotgan koʻz yosh edi.

Suganing yuragi negadir boʻshab, sekin Narani bagʻriga bosib, sochini siladi.

S: Tinchlan toʻgʻrisi hozir yoʻlimdan adashgandekman. Hozir boʻlayotga har bir ish ogʻir toshdek botayapti kimga ishonishga ham hayronman yoʻlimni yoʻqotib qoʻygandekman menga vaqt ber yaxshilab oʻylab olishim kerak

Suganing gaplarida soʻng Nara ham sekin javoban Sugani bagʻriga bosarkan negadir Naraning yuragi tinchlandi sevgilisini bagʻriga bosarkan erkin nafas olayotgandek boʻldi.

Jimin ustozning mavzuni tushuntirishiga butun diqqatini qaratib o‘tirarkan. Birdan ustozning nigohi oxirgi partaga tushib, chuqur xo‘rsinib, yana darsni davom ettirgani uni e’tiborini tortdi.

Ichida nimadir bezovtalik uyg‘onib orqaga qararkan koʻrgan manzarasidan butun tanasi muzlab qolgandek boʻldi.

Ustozining gapi sinfdagi pichir pichirlarni hammasi toʻxtab gʻoyib boʻlgandek xonada koʻz oʻngida boshqa qiz bilan quchoqlashib turgan sevgilisi bilan ularni kuzatib turgan oʻzidan boshqa hech kim yoʻqdak. Faqat chuqur nafas va koʻz yoshini tiyib turga koʻzlar bor edi xolos.

Afsuski ularni kuzatib turgan yana bir sevgisi sabab qiynalayotgan inson ham bor edi...afsuski u sevgisini kech anglab yetib, endi esa sevgilisi sabab yeglashga ham tayyor boʻlib turgan sevgilisini koʻrib nechuk yuragi boshqacha ura boshladi...

Sevgi aslida shunday juda chalkash. Baʼzida ogʻriq, baʼzida baxt beradi. Baʼzida sevgini tez chunib yetasan, baʼzida esa kech.
Sevgida doim toʻsiqlar boʻladi shu toʻsiqlar sabab sevgi yanada kuchayadi yoki soʻnadi lekin unutilmaydi yurakdagi ogʻir tuzalmas kasallikday qolib ketadi...