STRANGE LOVE
Hozirgi vaqt
- Nima u qachon seni oldinga kelishga ulgurdi qaysi payt?
- Oʻzimga kelganimning 2 kuni, sen doktorni oldiga ketgan payting oʻsha qiz kelib sevgilingman dedi
- Nega kelganini aytmading
- Men xotiramni yoʻqotgan boʻlishim mumkin lekin yolgʻon va rostni ajarata olmaydigan darajada axmoq emasman
- Uni yolgʻon gapirganiga ishonmagan ekansan unda nega soʻrayabsan?
- Men oʻylaganchalik axmoq emassan) smirk tabassum bilan
- Nima qanaqa axmoq?
- Hoʻsh bilasanmi koʻzimni ochganimda kelib quchoqlab olgan paytingdan boshlab seni jinni deb oʻylagandim xafa boʻlma lekin seni tanimaganimni aytganimda koʻzing toʻla yosh bilan menga qarab doktor bilan xonadan chiqib ketganing. Bilasanmi sen mendan bir narsani yashiryapsan buni sezib turibman aynan sen uchun ham xotiram qaytishi uchun qattiq harakat qilaman
Jimin shunchaki jim Sugaga tikilib turarkan, yuragi aqli esa tinmay - qara u seni rostdan ham sevadi! Xotirasini yoʻqotib seni tanimasa ham sen uchun avvalgidek sen uchun harakat qilayapti) deb aks sado berardi garchi bu haqiqiy axmoqlik boʻlsa ham balki aynan shu narsa sevgi deb atalar...
- Xotirang qaytishini intizorlik bilan sendanda koʻp kutayapman...
Shunday qilib yana hayot oʻz iznida keta boshladi. Jimin Suganing oldiga kun ora kelib undan xol ahvol soʻrab suhbatlashib yana ketardi. Bu paytda Mark esa Minlar kompaniyasini hali ham oʻzi boshqarayotgan edi. Shu zaylda 1 xafta ham shamoldek oʻtib ketdi bugun Suganing birinchi oʻqish kuni. Oʻqishda uni nimalar kutayotganini oʻzi ham bilmagan holda oʻqishga tayorlanib pastga tushdi eshik oldida esa Mark kutib turardi
M: Hayrli tong janob Min Yoongi
S: Kompaniyada ishlar koʻp emasmi bu yerga ertalabdan kelibsan
Mashina eshigini ochayotgan yigitga qarab
M: Albatta koʻp janob Junseodan keyin kompaniya aksiya narxlari tushib ketdi ularni koʻtarish juda qiyin boʻldi) Suganing yoniga orqa oʻrindiqqa joylashib
S: Xotiramni hech boʻlmaganda 30% qaytarib olishim bilan senga yordam beraman. Hech narsani eslay olmay ishga qaytish xavfli boʻlishi mumkin
M: Albatta janob siz nima desangiz shu
Mark Sugani oʻqishiga tashlab oʻzi esa yana ishga ketdi...
Suga oʻqish xonasiga kirarkan sinfdagi hamma unga qarab sekin yonidagi sherigiga pichirlab bir narsalarni aytardi.
S: Ular shu darajada qoʻrqoqki bir biri bilan meni oldimda men haqimda bemalol gaplasha olishmaydi
N: Chunki sendan juda qoʻrqishadi men va Solomonga qilganin butun universitet boʻylab tarqalib boʻlgan
Suga eshik oldida sinfga qarab turgan payt Namjoon ham bir qoʻlini choʻntagiga solib xonaga kirdi
S: Sen endi yana kim boʻlding?
N: Nima haqiqatdan ham hotirangni yoʻqotdingmi
S: Shibal butun dunyo kelishib olganmi menga shu savolni beraman deb
Suga jaxl qilib oxirgi parataga oʻtirib quloqchinini taqib musiqa tinglay boshladi bir burchakda esi uni hatti harakatlarini Namjoon shunchaki jim kuzatardi
Pov Namjoon
Demak rost rostdan ham xotirasini yoʻqotibdi bu...bu degani menda imkon bor. Jiminn meni kechirishing uchun qoʻlimdan kelgan hamma narsani qilaman sen uchun jonimni ham beraman senga qilganlarim uchun haqiqatdan ham afsusdaman
Namjoon biroz turgan joyida oʻylanib soʻng u ham oʻz joyiga borib oʻtirdi. Har doim hammadan erta oʻqishga keladigan Jimin negadir bugun oʻqishga biroz kech keldi birozdan soʻng esa ortidan Solomon ham xonaga kirib Jiminga koʻz qiri bilan qarab Namjoonning yoniga borib oʻtirdi
So: Namjoon sen mendan endi qarzdor boʻlding) tabassum qilib Namjoonning yoniga joylasharkan
N: Bu nima deganing) Jiminning sumkasidan davlatlarini chiqarishidan koʻzini uzmay.
Solomon bir Jiminga qarab keyin yana eʼtiborini Namjoonga qaratib
So: Men Jimin bilan gaplashdim
N: Nima?) koʻzini katta ochib Solomonga qarab
So: Ha nega unday qaraysan
N: Jiminga nima deding
So: Namjoon seni sevadi dedim boʻldi
N: Nima sen nimalar deyapsan nima jinnilik qilding sen) oʻtirgan stoliga qoʻlini musht qilib urib
So: Hey tinchlan endi sen u bilan gaplash, kechirim soʻra, harakat qil Namjoon Suga xotirasi qaytguncha Jiminni oʻzingniki qilishing shart!
N: Toʻgʻri aytasan men tezroq Jimin bilan gaplashib olishim kerak oʻzi nima boʻldi menga boshidan aytib ber.
Flewback
Jimin oʻqishga kelarkan orqasidan chaqirashayotganini eshitib universitet darvozasi oldida toʻxtab orqaga qaradi
?: Jiminn
J: Solomon ni..ma boʻldi) qoʻrquv aralash
So: Qoʻrqma shunchaki senda gapim bor edi toʻgʻrisi nimadan boshlashga ham hayronman bu menga taluqli mavzu emas lekin...) biroz oʻylanib
J: Nima boʻldi oʻzi nima haqida gapirmoqchisan
So: Bilasanmi Namjoon senga qilganlari uchun juda afsusda. Bilasanmi oʻzi har doim seni kaltaklaganimizdan soʻng juda afsuslanardi, lekin seni oldingda doim oʻzini ojiz his qilardi shuning uchun ham seni kaltaklardi, darslarini qildirardi. Ojizlik hissi unga tinchlik bermasdi oʻsha kuni Suga uni otishidan oldin ham seni Suga bilan juftlikligin haqida oʻqishda gap chiqqandi, bunga chidolmasdan bor alamini sendan oldi. Toʻgʻri Namjoon qilganlarining barchasi hato lekin Jimin u seni sevadi shunchaki qoʻrqoqlik qildi aynan shu qoʻrqoqligi uchun ham balki sendan alamini olgandir?
J: Solomon toʻgʻrisini aytsam hozir senga ishonishni ham bilmayapman agar buni mazah qilish uchun qilayotgan boʻlsang iltimos shundoq ham muommolarim oʻzimga yetarli
So: Yoʻq yoʻq Jimin ishon hech qanday mazah qilish niyatimiz yoʻq Namjoon rostdan ham seni sevadi
Jimin bir soʻz demasdan oʻquv xonasiga kirib ketdi ortidan Solomon ham kirdi.
Flewback the end
Solomon boʻlgan voqeani aytib berarkan Namjoonning koʻzlari katta ochilib
- Nima sen toʻsatdan borib shunday gaplarni aytdingmi) baland ovozda gapirganidan xonadagi hamma unga qaradi shu bilan birga Jimin ham. Namjoon Jimin unga qarab turganini koʻrib oʻzini biroz noqulay his qildi
POV JIMIN
Endi bu nimasi menga shundoq ham oyim bilan Suganing xotirasi yoʻqolgani yetayotgan edi. Endi Namjoon va Solomonning bu oʻyini rostdan ham juda ortiqcha edi
Jimin Namjoonga qarab soʻng Suga tomonga qaradi. Suga hech narsaga ahamiyat bermay qulogʻiga quloqchin taqib partaga boshini qoʻygancha yotardi.
J: Hech boʻlmaganda oʻqishda biror narsani eslaydi deb oʻylagandim afsuski hech narsani eslay olmayotganga oʻxshaydi) past ovozda oʻziga oʻzi gapirib
Kxm mana sila mazza qilib oʻqiyla dib koʻp qilib yozdim #darika