LONGING ep1
Odatda odamlar qabristonga tunda borishga qoʻrqishadi. Ammo Sunghoon hech ham qoʻrqmasdi. Qoʻrquv ham, sovuq havo ham, qorongʻulik ham uning ichidagi boʻshliqdan kuchli emas edi.
Bir yil. Sunghoonning sevgilisi Jungwoon oʻlimiga ham mana bir yil boʻldi. Sunghoon esa bu bir yil davomida har tun qabr yonidagi eski toshga oʻtirib, jim qolardi. Baʼzan gapirardi goʻyoki hali hamon u uning yonidagidak, uni eshitayotgandek.
- Men yana keldim, sevgilim. Bugun ham kunim odatdagidek oʻtdi. Oʻgʻlimiz ertaga 1 yoshga toʻladi. Bilasanmi uni har koʻrganimda sen yodimga kelasan. Balki doktirlar aytganidek homilani yoʻq qilganimizda balki sen tirik boʻlarmiding? Lekin ishon hech ham oʻgʻlimizga nafrat koʻzi bilan qaramadim u sendan qolgan yagona yodgorlik axir. Uning koʻzlarini rangi huddi senikidek tim qora. Seni birinchi bor koʻrganim hali hamon esimda maktab oʻquvchisi kabi kiyinib kelganding) yuzida nim tabassum paydo boʻldi, - Boshida kiymingni koʻrib ish gaplashishga ham shunday kelarkanmi degandim toki kulganingdagi yuzinda baydo boʻladigan kulgich va quyosh kabi porlagan koʻzlaringni koʻrmagunimcha. Oʻgʻlimiz Dojunni koʻrsang edi. Men unga juda ham oʻrganib qoldim, sensiz bu hayotta meni ushlab turgan yagona inson faqat u.
Shamol barglarni shitirlatar, ba’zan oy bulut ortiga yashirinardi. Lekin Sunghoonni hech ketgisi kelmasdi. Hech qachon shoshilmasdi. Chunki u uchun vaqt allaqachon toʻxtab qolgandek edi.
Qabr toshida yozilgan sevgilisining ismini barmoqlari bilan silashni hech qachon unutmasdi, huddiki har doim bu ishni qilganda Jungwoonning yuzini silayotgandek boʻlardi
— Sevgilim bugun erta ketishga majburman mendan xafa boʻlma hopmi. Ertaga oʻgʻlimiz birinchi marotaba bogʻchaga boradi. Juda ham uyquchi uni ertalab uygotish qiyin, bu tomoni ham senga oʻxshaganda edi men balki qiynalmasdi) yengil kulib, - Seni sevaman ertaga yana oldinga kelaman.
Sunghoon qabr yonidan sekin turib qabr toshini yana bir bor silab uyi tomon yoʻl oldi.
Uy eshigini ocharkan ichkarida faqat sokinlik hukm surardi. Devor soatining mayin “tik-tik”i xonani to‘ldirib turardi.
Sunghoon birinchi boʻlib Dojunning yotoqxonasiga bordi. Dojun kichkina karavotida uxlab yotardi. Nafas olishi sokin, yuzida esa beg‘ubor tinchlik bor edi, hech narsadan bexabar, beg‘ubor dunyoda yashayotgandek.
Sunghoon uning yoniga oʻtirdi. Biroz qarab, so‘ng qo‘lini cho‘zib, o‘g‘lining sochlarini ohista siladi.
U ehtiyotkorlik bilan Dojunni bag‘riga oldi. Bola biroz qimirladi, lekin uyg‘onmadi.
Sunghoon uni o‘z xonasiga olib kirib, yotoqqa yotqizdi. O‘zi ham yoniga yotdi. Bir qo‘li bilan o‘g‘lini quchoqlab, ko‘zlarini yumdi.
Bu quchoq unga iliqlik berardi. Bu quchoq uni bu hayotda ushlab turgan yagona narsa edi. Dojunni har bagʻriga bosib iforini hidlaganda Jungwoon yodiga kelardi.
Ertalab budilnik baland ovozi jiringladi.
Sunghoon ko‘zlarini ochmay turib xo‘rsindi.
Yonida Dojun ham bezovta bo‘lib qimirladi. Ustiga yopilgan yopinchiq ichiga kirib oldi
Sunghoon yarim ochilgan koʻzlari bilan uni kuzatib yengil kulib qo‘ydi.
- Bu odating ham oyingga oʻxshagandi bizga osson boʻlardi
U asta o‘rnidan turib, yana o‘g‘liga qaradi.
- Turish kerak, kichkintoy…
Dojun ko‘zlarini yarim ochib, yana yostiqqa yuzini bosdi.
Sunghoon jilmayib, kichkina shirinlikni olib ko‘rsatdi.
— Qara dadangda… nima bor…
Dojun darhol qiziqib qaradi. Ko‘zlari ochildi. Qo‘lini cho‘zib, shirinlikni olmoqchi bo‘ldi. Sunghoon darhol qoʻlini tepaga koʻtardi
— Demak turamiz-a? — dedi Sunghoon yumshoq ovozda.
Dojun boshini rozilik belgisi bilan qimirlatib yana shirinlikni olishga harakat qildi
- Da-Da-da
— Mm…sen meni qanday avrashni bilasan) Sunghoon oʻgʻlini bagʻriga bosib boʻynidan chuqur nafas olib qitiqlay boshladi
Bir ozdan keyin ota bolalar kiyinib tashqariga chiqishdi. Dojun kichkina sumkasini yelkasiga ilib olgan, hali ham biroz uyquchan ko‘rinardi.
Bog‘cha oldiga yetib kelishganda esa uning qo‘li asta-sekin Sunghoonning qo‘lini qattiqroq ushlay boshladi.
Sunghoon oʻgʻliga qararkan Dojunni uning oyogʻiga yopishib oldi
— Qo‘rqyapsanmi?.. — dedi u sekin.
Bola javob bermadi, faqat boshini otasining tizzasiga yashirdi.
Sunghoon sekin boʻyini oʻgʻli bilan tenglashtirib oʻtirib, uni bag‘riga oldi.
— Hech narsa bo‘lmaydi… men kelaman…
Dojun uning ko‘ylagidan mahkam ushlab oldi.
Sunghoon bir oz sukut qildi… keyin sekin uni tarbiyachiga uzatdi.
Sunghoon yuragi siqilib ketdi.
— Kechqurun kelaman… albatta kelaman…) Sunghoon oʻgʻlini yuzidan oʻpib qoʻydi
Biroz bogʻcha oldida turgan Sunghoon mashinasiga qaytdi. Bir necha soniya rulni ushlab jim o‘tirdi.
So‘ng chuqur nafas olib, dvigatelni ishga tushirdi.
Muallif - Darika
Maroqli mutolaa yoqadi degan umiddaman keyingi qismda Sunghoon va Jungwoon sevgi tarixi haqida oʻqiymiz