March 2

STRANGE LOVE... SEASON2...EP4

Tórt inson uchun bu dars juda uzoq boʻlgandak tuyilardi qani tezroq qoʻngʻiroq chalinsayu toza havodan toʻyib-toʻyib nafas olib, yuraklaridagi barcha ogʻriqni chiqarib tashlashsa

Oradan biroz vaqt oʻtib butun oʻqish boʻylab qoʻngʻiroq ovozi eshitildi. Jimin narsalarini tez-tez yig‘ishtirib, imkon qadar tezroq uyga ketishni xohlardi.

Eshik tomon yurib, endi xonadan chiqmoqchi bo‘lganida, bilagidan qattiq tortilganini sezdi. Orqasiga o‘girilishga ulgurmay, Suga uni keskin harakat bilan o‘ziga tortdi. Uning nigohi sovuq, jahli yuz-ko‘zidan bilinib turardi. Jimin qarshilik ko‘rsatishga ulgurmasidan, Suga uni erkaklar yuvinish xonasiga sudrab kirdi.

- Suga nima qilyabsan? Nima boʻldi?

Suga Jiminning gaplariga javob bermay. Uni qo‘lidan ushlagancha erkaklar yuvinish xonasiga olib kirib, eshikni ichkaridan qulfladi, qoʻlini qoʻyib yubormay devorga tirab ikki qoʻli bilan yoʻlini toʻsdi

S: Meni oʻyin qilish sizlarga yoqayaptimi jin ursin!) baland ovozda jaxl bilan devorga urib

Jimin kutilmagan vaziyatdan qoʻrqib ketgandi Sugaga nima boʻlganini hech ham chunmasdi

J: Suuugaaa nima deyapsan nima boʻldi iltimos unday qilma) koʻzidan bir tomchi yosh oqib
S: Boshidan boshidan beri mendan nimanidir yashirayotganingni bilgandim hattoki senga ham aytgandim! Koʻzimni ochishim bilan yeglab quchib olishing jin ursin menga yordam berayotganingni. Barchasi pul uchunmidi? ) telbalardak orqaga oʻgirilib qoʻli bilan sochini orqaga tarab.
J: Sen nimalar deyapsan? Qanday pul haqida gapiryapsan sendan biror martta pul soradimi? Seni xarom yoʻllaring bilan kelgan pulingni nima qilaman? Menga bu pullaring kerak deb oʻylaysanmi?

S: Menga qara oʻzingdan yaxshi insonni yoqishni bas qil shunchaki javob ber biz rostdan ham uchrashib yurganmizmi. Oʻzim uchun bilishni xohlayman toʻgʻrisini ayt) tinchlanishga harakat qilib

J: Yoʻq hech qachon eshityapsanmi bu aqilga ham sigʻmaydi) jaxl bilan Suganing koʻzlariga tik qarab

Suga nimaga unday qilayotganini toʻgʻrisi hech ham tushunolmayapman yoki Nara unga biror narsa dedimi? Ongim tinmay seni sevganini tan olgisi kelmayapti seni xohlamayapti deyotgandek. Rostdan ham shunday boʻlsa-chi? Agar men ham xotiram yoqolsa Sugani sevishimni tan olgan bolarmidim? Balki men ham huddi hozirgidek u kabi aqldan ozgan boʻlardim
J: Bemalol ishonishing mumkin meni sevganim bor boshida seni quchoqlaganim, senga qaraganim esa biz yaqin doʻst ham edik shu xolos. Sen taniydigan oʻsha Mark meni sevgilim chungdinmi endi esa ikkinchi oʻqishda bunday harakat qilib kuchingni koʻrsatma, notoʻgʻri chunishlari mumkin) Suganing koʻzlariga tik qarab oxirgi gapini aytib koʻzida yosh bilan yuvinish xonasidan chiqib ketdi. Suga esa shunchaki jim ichkarida qoldi. Boʻlgan ishlarni chunishga harakat qilardi

Bularni barchasi senga yaxshi boʻlsin deb, bir kun kelib xotirang qaytsa meni tushunasan deb umid qilaman. Seni sevaman jonimdan ortiq lekin bizni shunchaki sevgimiz birga boʻlishimiz uchun yetarli emas. Balki xotirangni yoqotishing ham bizga berilgan belgidir.

Jimin koʻz yoshlarini zoʻrgʻa tiyib, sumkasini olmoqchi boʻlib xonaga kirganida, xonadan hech kim qolmaganini koʻrib hayron boʻldi. Odatda bolalar darsdan keyin qayerga borishni maslahatlashar yoki xonada tushlik qilib keyin uylariga ketishardi lekin hozir xonada hech kim yoʻq. Jimin ham endi xonadan chiqmoqchi boʻlganida Namjoon qoʻlida qaxva va shirinlik bilan xonaga kirdi
N: Yeğladingmi yaxshimisan

Jimin uning gapiga javob bermay xonadan chiqmoqchi boʻlganida Namjoon bilagidan ushlab toʻxtatib qoldi

J: Jin ursin barchangizni! Hammangiz aynan bugungi kunimni rasvo qilish uchun yegʻilib olganmisiz? Navbati bilan kelsangiz boʻlmaydi sizlardan boshqa oʻz tashvishlarim bor ahir.

Jimin telbalardak baqirib yegʻlarkan, Namjoonni yana aybdorlik hissi qamrab olib uni bagʻriga bosdi

N: Iltimos tinchlan seni xafa qilishni xohlamagandim meni kechir) Jiminning sochini silab

J: Charchadim hammasidan, jonimga tegdi, unga necha marota aytdim imkonsizligini, bu sevgi abadiy boʻlmasligini. Sevaman dedi harakat qildi, sevdirdi endi esa oʻzi xotirasini yoʻqotib meni sevgani alam qilayapti

Jimin ichidagi bor dardlarni yeglab chiqarayotgan edi, Namjoon esa shunchaki jim eshitar, lekin yuragi yanada Jiminni qattiqroq xohlay boshlagandi.

POV Namjoon
Xatolarimni barini toʻgʻirlayman, seni sevmasa yanada yaxshi, senga vaʼda beraman unitasan uni albatta unitasan. Seni shunchalik baxtli qilayki uni oʻzi afsuslansin!