AROSAT
Hashamatli toʻyxona ichi mehmonlar bilan gavjum ayni damda oqshom egalari boʻlmish ikki juftlik rohib qarshisida turishardi. Qora kastyum shim kiygan boʻylari uzun, yelkalari keng, Suga baxtdan sarmast boʻlsa, uni yonida esa qora sochlari taralgan, qoʻlida kichik bir oq atirgul buket ushlab turgan, goʻyoki butun boshli toʻy emas oʻzining janazasi boʻlayotgan inson kabi homush yuz ifoda bilan Taehyung turardi. Uning eʼtibori bir nuqtaga qadalgan hayoti shu joyda tugayotgandek edi.
Nihoyat ularning qarshisida turgan rohib marosimni boshladi
R: Bugun sizlar yangi hayot boshlaysizlar - dedi tantanali ovozda.
R: Min Yoongi, siz bu nikohga o‘z ixtiyoringiz bilan rozimisiz?
Yoongi bir lahza Taehyungga qarab, chuqur nafas olib keng tabassum bilan
Odamlar orasida qarsak ovozlari eshitildi
Rohib bosh irg‘ab, endi Taehyungga qaradi.
— Kim Taehyung siz ham bu nikohga o‘z ixtiyoringiz bilan rozimisiz?
Sukunat... Taehyung javob bermadi. Shunchaki bir nuqtaga tikilgancha turardi.
Iltimos bu qoʻrqinchli tush boʻlsin keyin uygʻonib ketay. Dada menga nima qildingiz
Taehyung ich ichidan tinmay bu tush boʻlishini xohlab duo qilarkan birdan toʻyxona eshigi ochilishi bilan hammaning eʼtibori u tomonga qaratildi. Eshik ortida qora kastyum shim kiygan Jeon Jungkook 5 6 ta odamlari bilan kirib keldi. Oʻzining oʻtkir nigohlari bilan Taehyungga qararkan, Taehyung unga iltijo koʻzlari bilan meni qutqar deyotgandek edi. Bir lahzada ikki inson soʻzlarsiz koʻzlar bilan gaplashgandek boʻldi, lekin soʻzlar buni tan olgisi kelmasdi
Buni kuzatib turgan Suganing asab tolalari taranglashib, yuzi sovuqlashdi. Yonidagi odamlariga qoʻli bilan yoʻq qilish ishorasini berdi. Bu ishora toʻy toʻxtaganini yaqqol misoli edi! Taehyung bundan ham baxt, ham qoʻrquv sezarkan, nima qilishini bilmay shunchaki jim Jungkookni kuzatardi.
Bir zumda zaldagi tinchlik buzildi. Erkaklar bir-biriga tashlanib ketdi. Mushtlar tushurildi stollar surildi, zaldagi odamlar qochib chetga chiqdi. Toʻyxona bir lahzada tartibsiz jang maydoniga aylandi.
Koʻp vaqt oʻtmay Jungkookning odamlari, Suganing odamlarini qamrab oldi. Jungkook soʻngi lahzada dadil qadam tashlab Taehyungning qoʻlidan mahkam ushladi.
Deyarli ongi butunlay oʻchib qolgan Taehyungni tok urgandek boʻlib qoʻlini tortib
- Yur dedim) Taehyungning qoʻlini qatiqrob ushlab oʻziga tortib.
Shu payt Suga oldinga chiqib, Jungkookning qoʻlidan mahkam ushladi
Ikki erkak bir-biriga tikilib qoldi. Atrofdagi odamlar hali ham urush shockda nima qilishlarini bilmay chekkada turishardi.
Keyingi soniyada Jungkook qoʻlini bo‘shatib, Sugaga qattiq musht tushirdi. Zarba sabab Suga yerga yiqildi.
Oxirgi lahzada oʻzi oraga tushish uchun Taehyungning otasi Suwon ornidan turarkan boshiga toʻxtatilgan qurol sabab joyida qotib qoldi
Jungkook esa shu zahoti yana Taehyungning qoʻlidan tortib, uni zaldan sudray boshladi.
- Toʻxta nima qilyabsan? Nega bunday qilyapsan
Taehyung qarshilik qilib qoʻlini tortib olishgan harakat qildi, hattoki toʻxtab qolishga urinib koʻrdi. Ammo Jungkookning kuchli qoʻllari sabab bularning barchasi foydasiz ketdi.
Taehyungning qarshiliklaridan charchagan Jungkook bir lahzada Taehyungni belidan ushlab, yelkasiga koʻtarib oldi.
— Qoʻyib yubor, pasga tushir meni! Nima aqildan ozganmisan?) Taehyung uning yelkasida tipirchilab urindi.
Jungkook esa indamadi. U tez qadamlar bilan tashqariga chiqdi.
Mashina oldiga kelgach, eshikni ochib, Taehyungni oʻrindiqqa oʻtqazdi.
- Tshhhhhhhh jim oʻtir aks holda odamlarim otangni oʻldirishini buyuraman
Jungkook ham mashinaga oʻtirib, dvigatel ishga tushirdi. Mashina toʻyxona hovlisidan tezlik bilan uzoqlashib ketdi.
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
Domiia's bu ffni serialdan ilhomlanib yozayabman serial natural. Birga bir boʻlmasa ham baʼzi joylari serialdan olingan!