March 13

STRANGE LOVE SEASON 2

Ep 6

Suganing koʻngliga har doim taskin beruvchi bu sohil boʻyi, sevgisini ham qaytarishini kim oʻylabdi deysiz? Har bir insonning oʻzining maxsus zonasi boʻladi huddi Sugadek, uning maxsus zonasiga kira olgan inson esa haqiqiy sevgi egasi hisoblanadi huddi Jimindek.

Suga sohil bo‘yidagi qum ustida o‘tirgancha uzoq dengizga termulib turdi, go‘yo to‘lqinlar shovqini uning ichidagi tartibsiz o‘ylar bilan aralashib, qalbida qandaydir chalkashlik uyg‘otayotgandek edi goʻyo. Biroz vaqt o‘tib, ko‘nglini bosib turgan og‘ir siqilish yoki charchoqdanmi ko‘z oldi qorong‘ulashib, hamma narsa xira tortdi. Suga koʻzlarini qoʻli bilan yoparkan, boshini ham qattiq og‘riq qamrab oldi, go‘yo kimdir uning boshini mahkam siqib turgandek edi, va aynan o‘sha lahzada, so‘nggi uch yil ichida boshidan o‘tgan voqealar ko‘z o‘ngidan kino tasmasidek o‘ta boshladi.

Oʻqishga birinchi bora borgani, Namjoon va Solomondan Jiminni himoya qilgani, Jiminning ko‘z yoshlariga to‘la o‘tmishi haqida gapirib bergan, tom ustida turib do‘st bo‘lishga kelishgan lahzalari, Jiminni birinchi marta sohil bo‘yiga olib kelgani. Mashina ichida sevgilisidan olgan birinchi illiq boʻsasi, sohil boʻyida dengiz toʻlqinlari ovozi ostida Jimin bilan birga uygʻongani, birinchi kechalari, va nihoyat eng ogʻir xotira otasining Jiminni o‘g‘irlab ketgani, oʻsha avtohalokat

Bularning barchasi bir lahzada Suganing ko‘z o‘ngidan o‘tib, qalbini yana o‘sha eski og‘riqlar bilan to‘ldirdi.

Suga sohil bo‘yidagi qum ustida yana bir oz qimirlamay o‘tirdi. Ko‘z oldidan o‘tgan uch yillik xotiralar uning boshini yanada og‘irlashtirib yuborgandi. Boshi zirqirab og‘rir, yuragi esa g‘alati bezovtalik bilan urardi. Go‘yo ichida nimadir uni bir joyda o‘tirib qolishga qo‘ymay, biror tomonga shoshiltirayotgandek edi.

U sekin o‘rnidan turdi. Boshidagi og‘riq kuchayib borar, ko‘z oldi hamon biroz xiralashib turardi. Shunga qaramay, Suga bor kuchini yig‘ib mashinasiga o‘tirdi. Uning xayolida faqat bir manzil bor edi — Min kompaniyasi.

Yo‘l unga juda uzun tuyularlan, har bir soniya boshidagi og‘riqni yanada kuchaytirayotgandek edi. Xotiralar esa hamon koʻz ongida aylanar, Jiminning kulgisi, dengiz bo‘yidagi tonglar, ularning birga o‘tgan kechalari… Bularning bari yuragini yana siqib yuborardi.

Nega aynan Min kompaniyasiga ketayotganini oʻzi ham bilmasdi shunchaki ongi aytayotgan ishni bajarayotgan edi.

Nihoyat kompaniya binosi oldiga yetib kelgach, Suga mashinadan tushdi. Qadam tashlash ham qiyinlashib borardi. Boshidagi og‘riq shunchalik kuchaygandiki, go‘yo har bir qadamda boshi yorilib ketadigandek tuyulardi. Ammo u baribir ichkariga kirdi.

Kompaniya liftiga kirib 16 qavatni bosdi, tanish xonaga kirarkan ichkarida quchoqlashib turgan Jimin va Markni koʻrib birdan koʻz oldi yanada hiralashdi. Soʻngi lahzada Suganing ogʻir tanasi muzdek polga yeqildi

Kam boʻsayam oʻqib turila

Muallif - Darika

Maroqli mutolaa domiia's