STRANGE LOVE SEASON 2
Biroz vaqt yeğlab Namjoon bagʻrida oʻtirgan Jimin oʻziga kelib sekinlik bilan oʻrnidan turdi
- Meni kechir senga jaxl qilib alamimni olganim uchun. Iloji boʻlsa iltimos gaplarimni esingdan chiqarib yubor
- Aslida kechirim soʻrashi kerak boʻlgan inson menman! Iloji boʻlsa sen ham kechir. Seni qiynab kaltaklanganim, zoʻravonlik qilib darslarimni qildirganim uchun ham
- Men ularni allaqachon unutganman hammasi joyida
- Demak kechirgan boʻlsang biz doʻst boʻla olamiz agar xohlamasang chunaman
- Albatta) tabassum qilib qoʻlini Namjoon tomonga choʻzib - Meni doʻstlarim deyarli yoʻq
Namjoon xursandchligini ichiga yutolmay Jiminni qoʻlini doʻstona siqib qoʻyib uni quchoqlab oldi
- Katta raxmat meni kechirib, doʻst boʻlganing uchun
Jimin ham javoban Namjoonni quchib qoʻydi. Shunday qilib nafratdan doʻstlikka oʻtildi. Boshqa tomondan esa doʻstlikdan sevgiga, sevgidan esa baxtsiz xodisa sabab nafratga oʻtilgan edi.
Jimin uyga charchoq bilan kirib uyda onasi yoʻqligini koʻrib qisman xursand boʻldi. Bugun Jimin uchun ogʻir kun boʻldi. Onasining ortiqcha savollari, kamsitishlari hozir ortiqcha edi. Aslida Mark qaytgandan soʻng Park Harin xonim ancha oʻzgargan edi lekin Jimindan pul talab qilishi esa hech toʻxtamayotgandi
Jimin xonasining bir burchagiga sumkasini otib chuqur xoʻrsinib yotogʻiga oʻzini tashladi. Biroz vaqt koʻzini yumib yotgan Jiminning koʻzlari qoʻngʻiroq ovozi sabab ochildi telefonda esa Mark deb yozilganini koʻrib javob berdi
M: Shuncha shoʻxlik qilib endi esa uxlab yotibsanmi
S: Qanday shoʻxlik haqida gapiryapsiz? Aka adashib menga qoʻngʻiroq qilib yubormadingizmi
M: Sen nima qilib sevgilinga oʻz akangni sevgilim deb tanishtirding oʻzi
Jiminning koʻzlari birdan ochilib oʻrnidan turdi
J: Nima Suga yoninggizga bordimi?
M: Uzr soʻradi Jimin hali ham uxlayabsanmi
J: Aka siz bilan koʻrishib gaplashib olishimiz kerak
Qoʻngʻiroq uzuldi. Jimin ham oʻrnidan turib oʻqish kiymini oʻzgartirib Markning oldiga bordi
Offis ichi
Mark oʻtirgan xonaning eshigi taqillarkan, Mark koʻzini qogʻozlardan uzmasdan kiring deb javob berdi
J: Hech boʻlmaganda eshik taqillaganda e'tiboringni biroz hujjatlardan ajratsang boʻlardi.
M: Oxxxx meni qadrli topolonchi ukajonim bilasanku kompaniya aksiyalarini koʻtarish qiyin boʻlayapti
J: Haa 3 oydan keyin otamning meroslari ham meni nomimga oʻtadi, lekin nimadan boshlashni bilmayapman. Park kompaniyasi ishlab turibdi. Lekin uni toʻgʻri yurğiza olarmikinman?
M: Havotir olma Park kompaniyasi boshligʻi boʻlishing bilan ozim senga yoʻl yoruğ koʻrsataman
J: Aslida aka men bu yerga Suga va yana bir boshqa ish sabab kelgan edim
J: Avval Suga nima deganini ayting, keyin esa u ishni ham hal qilamiz. Sizga nima dedi?
M: Oldimga kelib mendan kechirim soʻradi. Hayron boʻlib nimaga uzr soʻrayotganini soʻradim. U esa sizni sevgilingizni oʻqishda xafa qilib qoʻydim, bizni oilamizga koʻp yordamingiz tegayapti uzur dedi
M: Baqirma Jimin endi esa sen ayt qanday ish sabab kelgandin
J: Mark men oʻqishimni Amerikaga koʻchirmoqchiman menga mablagʻ tomonlama yordam bera olasizmi?
M: Nima? Mablagʻ haqida oʻylama lekin nega endi birdan Amerikaga ketishni xohlayapsan?
J: Aslida men Suga uchun harakat qilayotgan edim, lekin Mark bugun xotirasi qaytganmi yoki kimdir unga aytganimi meni sevgilim boʻlganmisan deb jaxl qildi. U meni qabul qilmayotgan ekan bu yerda qolishdan maʼno ham yoʻq. Sevgilim sevgimizni qabul qilishni xohlamasa, onamni qandayligini bilasan, yana Nara ham bor. U Sugani sevadi, meni qabul qilmas ekan bu yerda nima qilaman? Ingliz tilini bilaman, oʻzimni eplay olaman shunga Amerikaga ketish haqida oʻylayabman.
M: Yaxshi, sen ham ohirgi vaqtlar juda ham siqilib qolding. Senga ham xavo almashtirib kelish senga foyda beradi. Hech narsani oʻylama) Mark oʻrnidan turib Jiminni bagʻriga bosdi.
Suga Mark oldidan chiqib yolgʻiz qolish uchun oʻzining sirli eng xavfsiz qiladigan sohil boʻyiga bordi. Oʻzining bu maxsus joyiga oxirgi marta Jimin bilan kelgan edi, aynan oʻshanda Suga va Jiminning birinchi kechasi ham shu yerda oʻtgandi.
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
Maroqli mutolaa. Jimin ketishini oʻylab siqilmang hali bundanda katta bomba sizni kutmoqda.