December 14, 2025

Guardian

Guardian [ Vasiy ]

1-Bob

Ota-onamni yo'qotgan kun, osmon ham qo'rqinchli darajada sokin edi. Go‘yo butun borliq nafasini ichiga yutib, nimanidir kutayotgandek jimib qolgandi. Quyosh avvalgidek o‘z nurlarini sochar, odamlar odatdagi ishlari bilan band. Ko‘chalar gavjum, hayot esa o‘z maromida davom etayotgandek ko‘rinardi. Lekin men uchun butun dunyo to‘xtab qolgandi.
Atigi olti yoshda edim. Ota-onam aviahalokatda halok bo‘lishdi. O‘sha damda bu so‘zlarning qanchalik og‘irligini anglab yetishim qiyin edi. Kattalar atrofimda bir-biriga nimanidir tushuntirar, kimdir yig‘lardi, kimdir esa menga achinish bilan qarardi. Men esa faqat ularning qaytib kelmasligini, endi ularning ovozini eshitmasligimni va mehrini his qilmasligimni ich-ichimdan sezib turardim. Yuragimda qandaydir bo‘shliq paydo bo‘lganini aniq his qilardim. Men endi ularni qayta ko‘ra olmasligimni tushunib yetdim.
Meni bor budidan ayirgan kun, aynan o‘sha kunda u bilan tanishdim — Jimin mening amakim. U o‘sha damda atigi 16 yoshda edi, lekin uning gardanida kattalar kabi qat’iyat va mas’uliyat bor edi. U menga birinchi marta qaraganida nigohlarida achinishdan ko‘ra, himoya qilishga bo‘lgan qat’iy qaror sezilib turgandi.
Otamning do‘sti bo‘lgan Jiminning oilasi menga yillar davomida g‘amxo‘rlik qilishdi, lekin ularning o‘g‘li , Jimin meni o‘z himoyasiga olishga qaror qildi. U shunchaki meni himoyasiga olmadi, butun hayotini men uchun bag‘ishladi. Vaqt o‘tib Jiminning oilasi AQShga ko‘chib ketishdi va biz birga yashashni boshladik.
U meni har kuni o‘zi maktabga olib borardi, uy vazifalarimni qilishda yordam berardi. Yomon tush koʻrib uyg‘ongan paytlarimda doim yonimda bo‘lardi. Tun yarmida ko‘zlarimdan yosh bilan uyg‘ongan kezlarimda ham u hech qachon bezovta bo‘lmasdi. U meni shunchaki inson sifatida emas, balki oilasining bir qismi sifatida o‘z hayotiga qabul qildi. Yillar o‘tgan sayin, u bilan birga bo‘lish odat tusiga kirib, mening hayotimning ajralmas qismiga aylandi.
Ammo vaqt bilan yuragimdagi tuyg‘ular ham o‘zgara boshlagandi. Jimin amakimga nisbatan hissiyotlarim o‘zining bolalik beg‘uborligini yo‘qotib, chuqurroq, sirliroq tuyg‘ularga aylanishga ulgurgandi.Bu sevgi edi. Ammo u hamon meni kichkina qizcha kabi ko‘rardi. Men esa har kuni uning yonida bo‘lganimda, o‘zimni butunlay boshqa dunyoda, o‘zimning haqiqatimda his qilardim.

**

O‘sha voqeadan so‘ng 12 yil ham shamol singari yelib o‘tdi.

Avgust oyining boshlari edi. Shahar hali hamon yozning jazirama quyoshi ostida qizib yotardi, lekin o‘sha kuni havoda qandaydir mayin shamol esa boshladi. Go‘yo havo ham bugun 18-avgust, Hyerinning tug‘ilgan kuni ekanligini bilgandek.
Butun uy bayram uchun maxsus tayyorlangan edi. Har burchakda did bilan tanlangan gullar ifor taratardi. Qizil atirgullar, oppoq liliyalar va kungaboqarlar xonani gullar bog‘iga aylantirib, unga alohida bayramona muhit qo‘shib turardi. Devorlarda uzun binafsha rangli lentalar osilib, sharlar yengil shamolda tebranib turardi.
Xona markazida turgan stol esa gullar bilan bezatilib, uning ustida chiroyli qutida o‘ralgan tort va boshqa shirinliklar joylashtirilgan edi. Tortning ustiga gullardan yasalgan bejirim bezaklar qo‘yilgan, ular ustiga esa nozik yozuv bilan “18” deb yozilgan edi. Ha, bugun o‘zgacha kun " Hyerin 18 yoshni qarshilaydi".
Gullarning xushbo‘y hidi va shamlarning yorug‘ligi xonani boshqacha muhitga burkab yuborgandi. Ammo bu bayramga hech kim kelmadi. Har yili bu kunni faqatgina Jimin va Hyerin birgalikda nishonlashardi.
Jimin odatdagi singari, Hyerin rasm to‘garagidan qaytganida uni tabriklash uchun o‘ziga xos nimadir tayyorlashni reja qilgandi. U har bir mayda detalga alohida e’tibor qaratdi.
Jimin gullar va sharlar bilan bezatilgan xonani yana bir bor ko‘zdan kechirdi. U Hyerin uchun bu kunni esda qolarli qilishni xohlagani uchun ham hammasini mukkammal qilishga intilardi.

Deraza oldiga yaqinlashgan Jimin vanihoyat Hyerinni eshik oldida ko‘rib , jilmayib qo‘ydi. Uning qo‘lida kichik sumka , yuzi esa oʻqish tufayli ozgina charchagan bo‘lsa-da, ko‘zlarida zavq porlardi. Eshikni ochishi bilan Jimin uni iliq tabassum bilan kutib oldi.
- Tug‘ilgan kuning bilan, Hyerin,- dedi Jimin, qo‘llarini ochib , uni quchog‘iga tortganicha.
- Amaki ? - Hyerinning yuragi baxtdan yorishib ketdi, uning hayotidagi eng muhim odamlardan biri bu kunni u bilan nishonlayotganini his etish, unga olam quvonch olib kelgandi.
- Rahmat, Jimin amaki. Yaxshiyam hayotimda borsiz . - Hyerin jilmayib qayta yigitning quchogʻiga joylashdi.
- Bugun axir sening kuning, Hyerin. Bularning barchasi sen uchun atalagan . - Jimin yengil kulib, qizning peshonasidan o‘pdi.
Ular birgalikda xonaga kirishdi. Gullarning ifori va bayramona muhit qizni butunlay o‘ziga tortdi. Stol ustidagi tort va shirinliklarni ko‘rganida, yuragi yana bir bor hayajonga to‘ldi.
- Juda ham chiroyli, Jimin amaki . Menimcha bu yilgi tugʻilgan kunim takrorlanmas xotiralarimdan biriga aylanib qoladi - dedi u ko‘zlarini uyning bezaklariga tikib hali hamon hayratlanganicha.

- Hyerin -

- Sen xursand boʻlsang , men xursandman,- dedi Jimin , stolda turgan sovg‘a qutisini qo‘liga olib. - Ammo bu hali hammasi emas.
U sovg‘a qutisini Hyerinning qo‘liga tutqazdi. Hyerin ehtiyotkorlik bilan qutini ochdi va ichidan mayin zanjirli, kichkina yorqin toshli marjon chiqdi. Marjon koʻrinishidan oddiy, lekin juda nafis edi, go‘yo Hyerinning o‘zi kabi nozik va yoqimli.
- Amaki ? Nahotki bu menga ? - dedi Hyerin, ko‘zlarida porlagan zavq bilan. - Rahmat sizga !
Jimin qizning qo‘lidan bo‘yin taqinchog‘ini olib, - Kel , senga uni taqib qoʻyaman - dedi. U taqinchog‘ni Hyerinning bo‘yniga taqdi, marjon uning bo‘ynida porlab turardi, go‘yo taqinchoq o‘zining haqiqiy joyini endi topgandek edi.
Hyerin oyna oldida o‘zini ko‘rib, marjonga qo‘l yugurtirdi. - Bu juda go‘zal, Jimin amaki. Men buni hech qachon yechmayman ! Bu marjon men uchun qadrli narsalardan biriga aylandi.
- Sen bunga loyiqsan, - dedi Jimin yengil tabassum bilan va keyin, bir lahza ikkilanib, so‘radi, - Hyerin, endi 18 yoshga to‘lding. Agar istasang, bugun bir-ikki qadah ichishga ruxsat beraman . Bir necha yildan beri mendan buni talab qilib kelar eding , esingdami ?
Hyerin hayrat bilan Jimin tomon qaradi. - Ha, albatta, esimda . Siz ishdan kelganingizda doim zavq bilan ichar edingiz , aslida oʻsha vaqtda menda bunga qiziqish paydo boʻlgandi - Hyerin soʻzlayotib kichik tabassum qilib qoʻydi.
Jimin shampan vinosini olib, ikkita qadahni to‘ldirdi. Ular dastlab o‘rtadagi tortni kesib, shirinliklardan tatib koʻra boshlashdi. Ammo, vaqt o‘tgan sari, Hyerin bir necha qadahdan so‘ng boshi yengilgina aylanib, tanasini boshqarishga qiynala boshladi.
- Jimin amaki, negadir boshim aylanib ketayapti ! - dedi u yengil kulib.
- Menimcha boshqa ichmaganing yaxshi , bu sen uchun emas ekan shekilli ? - Jimin jilmayib stol ustida joylashgan barcha ichimliklarni yigʻishtira boshladi.
Birdan Hyerinning hayollari chalkashdi , koʻz oldi biroz qorongʻulashib chayqalganicha oʻrnidan turdi. Koʻzlarini hiyol Jiminga tikib muozanatini boshqara olmay oyogʻi toyib ketdi . Jimin sezgirlik qilib darxol qizning belidan ulkan qoʻlini zanjir kabi bogʻlab oʻziga tortdi.
Qiz muozanatini tiklagach xira yumilib borayotkan koʻzlarini Jiminning havotirdan tinimsiz pir-pirayotkan koʻzlariga tikdi . Jimin hayollarini jamlagacha qizni qoʻlidan boʻshatishga urindi ammo Hyerin allaqachon Jiminni quchib olishga ulgurgani tufayli bunday qila olmadi.
- Sizni sevaman ! - qizning sarxushtlikdan yumilib borayotkan koʻzlari bir zumga kattalashdek boʻldi.
- Hazil qilishni bas qil . Nega ham ichishingga ruxsat berdim oʻzi ? Ikki qadah bilangina gaplaringni anglay olmay qolding. - yigit ikki qoʻli bilan qizning behol tanasini suyab turar ekan.
- Oʻn ikki yildan beri , tugʻilgan kunimda shamlarni oʻchirayotib nimani tilashimni bilasizmi ? - qiz muozanatini toʻgʻirlashga harakat qilib Jiminning qoʻllaridan ushladi.
- Hyerin ? - biroz asabiylashishga ulgurgan yigit qizning ikki yelkasidan qisib oʻziga keltirishga urindi.
- Sizning sevgingizga erishishni soʻrardim..men har yili tilaklarimni sizga bagʻishlardim..
Bir zum vaqt toʻxtagandek boʻldi goʻyo . Qizning haqiqatlari oldida Jiminning yashirin xissiyotlari namoyon boʻla boshlagandi . Jimin ortiq hech nima deya olmadi . Qalbidagi xislarni necha yildan beri yashirib kelayotkan yigit bugun ham sukut saqlashni maqul koʻrdi.
- Hyerin , bunday soʻzlarni boshqa gapirishingni istamayman . Men seni amaking ekanligimni unutma ! - biroz nigohlariga qaygʻu oralagan Jimin sarxushtlikdan muozanatini tez-tez yoʻqotib qoʻyayotkan qizning qoʻllaridan ohista tutib koʻtardi .
Yoshiga nisbatan ham ozgʻinroq boʻlgan qiz huddi pardek Jiminning qoʻliga ogʻirlik ham qilmadi .
- Park Jimin ? Men Kim Hyerinman ? Siz mening haqiqiy amakim emassizku ? - qizning hiyla ochiq lablari harakatga tushdi.

- Boʻlmagʻur gaplarni aytishda davom etsang tashlab yuboraman ! - qizni bir siltab qayta koʻtargan Jimin zinapoyalardan koʻtarilishda davom etdi.
Qizning xonasini tirsagi yordamida ochgan Jimin ohista xonaga kirib sekinlik bilan qizni oʻrniga joylashtirdi. Qizning tinchiganiga ishonch hosil qilgan Jimin avvaliga qizning ustiga choyshab tortdi soʻng tungi chiroqni oʻchirib qizning holatiga qayta tikildi.
Xona derazasidan tushib turgan oy nuri toʻgʻridan toʻgʻri qizning yuziga shu'la berib turardi. Jiminning koʻzlari qizning yorugʻlik tushib turgan lablari titrayotkanini sezdi .
Shu vaqt butun hayolini yana oʻsha chalkash tuygʻular qamrab oldi . Bir zumga oʻzini yoqotkandek qizning oldiga yaqinlashdi . U chindan ham endi yosh bola emas edi . Boʻylari oʻsib , kiyinish uslubi ham oʻzgargandi . Hozir Jimin esa qarshisida doimgidek Hyerinni koʻrmadi . Doim kichik qiz kabi koʻrgan Hyerin bir zumda ulgʻaygandek tuyuldi unga .
Derazaning ochiq oynasidan kirgan mayin shamol qizning sochlarini toʻzgʻitib oy nuri xusniga xusn qoʻshayotkan yuzini berkitib qoʻydi . Ayni damda Jimin qoʻlini ohista qizning sochlari tomon olib bordi , va yuzini toʻskan sochlarini quloqlari ortiga qadadi.
- Chindan ham ulgʻaydingmi , mitti malikam ? - yigitning lablarini sezilar-sezilmas tabassum egalladi .
Birdan Hyerinning lablari qimirlab nimanidir aytishga urinayotkan koʻrindi . Jimin hiyol boshini qizning lablari tomon egdi.
- Sizni sevaman.. sizni..Jimin..amaki - qizning uzuq yuluq soʻzlarini bir jumlaga tizgan Jimin birdan toʻk urgandek oʻrnidan turdi.
- Bunday qila olmaysan , Hyerin . Men..meni seva olmaysan . Bu xato . - Jiminning qoʻllari musht boʻlib tugildi. Gʻazab va chalkash tuygʻular orasida xonani bir zumda tark etdi .

- Jimin -

***
Erta tong . Xushboʻy atirgullar isidan sarmast uygʻongan qiz zumda bosh qattiq ogʻrigʻidan gangib qoldi.
- Boshim yorilib ketay deyapti ? Axx.. - chuqur xoʻrsingan Hyerin oʻrnidan turib yuvinish xonasiga bordi.
Negadir uy bugun sokindek tuyuldi unga . Har doimgi nimadir yetishmayotkandek edi .
Hyerin kiyimlarini almashtirgach keng tabassum bilan shoshilib xonasidan chiqdi va zinalardan shiddat bilan pastlay boshladi.
- Hayrli tong . Jimin amaki ? - deyarli yugurib kelayotkan qiz stol atrofida amakisini ilk bor koʻrmagani tufayli jimib qoldi.
- Lia xola ? Lia xola ?
- Shu yerdaman , kichik xonim . - bir zumda paydo boʻlgan xizmatkor kichik bosh egib.
- Amakim ? Nega hali ham tushmadilar ? Yoki ishga erta ketdimi ? Menga aytmasdan bunday qilmas ediku ? - qiz havotir bilan shoshilganicha gaplarini tugatdi.
- Kichik xonim , amakingiz Janob Jimin erta tongdan Aqshga joʻnab ketdi . Menimcha bu oy qaytmasa kerak . - xizmatkor ayol qizning oʻychan boʻlib qolganligini payqab ortiq bu yerda turishidan foyda yoʻqligini bilib oʻz ishiga qaytdi.
- Qanday qilib ? Nega menga aytmadi ? Axir.. - qizning koʻzlari birdan yoshlandi.
Qizning tuygʻulariga qilingan qarshilik allaqachon uning qalbini parchalagandi . Garchi oʻsha tundagi hech nimani eslay olmasada yigitga boʻlgan muhabbati tufayli azob chekayotkandi. Bir oy , hattoki bir kunga ham ayrilmagan insoni birdan uni bir oyga tark etdi . Uning qalbi boʻshab qolgandek edi hozir .
Bir oydan soʻng .
Bir oy davomida uzoq kutilgan kun bugun . Hyerin bugungi sanaga qarab jilmaydi . Koʻzlari quvonchdan porlardi . Axir bugun qalbini shu vaqt davomida oʻrtab kelgan sogʻinch azobiga barham beriladi . U Jimin bilan uchrashadi va doimgidek yana birga boʻladi .

- Hyerin -

Hyerin erta tongdan bugungi kun uchun tayyorgarlik koʻra boshladi . Avvaliga xonalarni tartiblashni soʻradi oʻzi esa xonasiga kirib kech kirishini intiqlik bilan kuta boshladi.
Ammo vaqt ham unga qasd qilgandek hech ham tez oʻtmasdi . Zerikishdan qizning koʻzlari sekinlik bilan yumila boshladi . Hyerin oʻzining qanday uxlab qolganini ham sezmadi . Hali jussasi juda kichik boʻlgani uchun kursining yarminigina egallab uxlardi .
Qorongʻu tushgach xona ham qorongʻulasha boshladi . Shu vaqt uy oldida mashina toʻxtagani sezildi . Mashinaning xunuk ovozidan gʻinshib turgan Hyerin birdan choʻchib atrofiga nazar tashladi. Gʻira-shira osmon qorayishni boshlagandi . Hyerin oʻrnidan turib deraza qarshisiga oshiqdi , uy oldida Jiminning mashinasini koʻrib butun vujudini hayajon egalladi .
" U keldi " dedi ichki ovoz bilan qalbini tinchlantirishga urinib .
Avvallari hech qachon yuragi bunday hapqirib urmagan edi , ammo hozirgi daqiqalarda yuragi qinidan chiqar darajada tartibsizlikda urayotkandi . Balkim bu uzoq vaqt davom etkan hijron sababdir.
Hyerin zinapoyalardan shu qadar tez pastlay boshladiki bazida poyalarda qoqilib tushishiga ham oz qoldi . Ammo hozir unga farqi yoʻq eng muximi u Jiminni koʻrishi kerak boshqa hech nima emas.
Hyerin bir zumda eshik oldida hozir boʻldi . Usti boshiga bir nazar tashlagach eshik ochilishiga mushtoq tikildi.
Va kutganidek eshik uni koʻp kuttirmadi bir necha soniyalar etgan vaqt va eshik ochildi. Ammo Hyerinning butun vujudini egallagan hayajon ham quvonch ham zumda soʻndi. Lablarida aks etgan tabassumni esa qaygʻu egalladi.
U qarshisida chindan ham Jiminni koʻrdi. Ammo u yolgʻiz emasdi . Chamasi oʻzining yoshi atrofidagi qizning belidan qoʻl oʻtkazganicha Hyerinning qarshisida turardi.
Hyering tomogʻiga tiqilgan nimadir tufayli gapira olmay qoldi . Koʻzlari zumda yoshlandi ammo tushunarsiz savollar ortida Hyerin yigʻlashni maqul koʻrmadi. Askincha faqatgina sukut qilishda davom etdi . Balkim hammasi anglashinmovchilikdir degan umid uning hayollarini hech ham tark etmas , Hyerin oʻzini tinchlantirish uchun ushbu fikrni mudom hayolida aylantirardi edi. Ammo yoʻq hammasi u oʻylaganidek emasdi. Hayot shunday achchiq haqiqatlarga boy boʻlgani kabi Hyeringa ham shavqat qilmagandi . Taqdir u bilan oʻyin qilib , butun hayotini oʻtga tashlagandek qalbini yondirdi. Agar barchasi haqiqat boʻlsa uning yashashidan qanday mano bor ? U yana kimdirni seva oladimi ? Butunlay Jiminga topshirgan qalbi boshqasini qabul qila oladimi ? Koʻzlari faqatgina Jimin uchun porlagan boʻlsa , qanday boshqa inson uchun tabassum qiladi ? Axir u sevmadimi ? Undan uzoqlashmaslik uchun barcha tuygʻularini qalbiga yashirib sukut qilmadimi ? Nega hayot uning sof sevgisiga bunday shavqatsiz javob beri ?
Hyerinning qalbini vayron qilgan savollar koʻzlaridan oqib tushgan tomchi yoshdan ham ayon edi.
- Bizni tanishtirmaysizmi Jimin ? Bir oila ekanmiz bir- birimizni yaqindan bilganimiz yaxshi emasmi ? - Hyerinning diqqati endi qizga qaratilgandi .
- Bir oila ? - Hyerin xissiz yuziga majburan tabassum yurgʻazib koʻzlarida qalqib turgan koʻz yoshlari xiralashtirib qoʻygan nigohini Jiminga tikdi .

-Jimin -

1-Bob
Kim Yein