A taste of light
1-Bob || " Sobiq sevgililar haddan tashqari qadrlanadi — bekor gap."
Elysia Adams
— U o‘ldi, menimcha... — dedi opam, qo‘lidan qurol tushira turib.
Ogʻzim qurib biroz turib qoldim.Umrimda hech kimni o‘ldirmagan edim, bu haqiqatdan mo‘jiza edi.
— Menimcha? — dedim ishonchsizlik bilan, Chrisni oyog‘im bilan qovurg‘asidan bir tepdim. U qimirlamagach, yana bir marta tepdim. Keyin yana. Va yana. Nihoyat, uning hushsiz emas, haqiqatan o‘lik ekaniga amin bo‘ldim. — Lanati — so‘kdim. — Ha, u o‘libdi.
Ehtimol, tomir urishini tekshirish kerakmidi, lekin hozir bu biroz... o‘rinli emasdek tuyuldi. Chrisning qo‘shnilari uni bir necha kundan beri ko‘rmay, politsiyani chaqirishsa, bizning DNK uyning har burchagidan chiqadi. Bu esa — birinchi xatolik.
Yana eslatib o‘taman, men ilgari hech kimni o‘ldirmagan edim.
Rosalia esa, qo‘rqib, titrab, dod-voy qilayotgan edi. Men esa Chrisning jonsiz tanasi ustida kulayotgan edim. Bu iflos bunga munosib edi.
Ishni kafolatlash uchun, uni yana bir marta o‘q bilan siyladim — bu safar boshining yarmi uchib ketdi. Qoni hamma yoqqa sachradi — kiyimim, sochim, terim, xona, hattoki opamning ustiga ham.
— BU MENGA ENG YOQADIGAN KO‘YLAK EDI! — baqirdi Rosalia. So‘ng ikki qo‘li bilan og‘zini bekitdi, ammo Chrisning qoni yuziga tekkanini ko‘rib, yana qichqirdi.
— Biz biror odamni qasddan o‘ldirishga ketayotganimizda, eng yoqadigan ko‘ylagingni kiyish fikri qayerdan keldi senga?
U har doim chiroyli kiyinardi, lekin bu bizdan doim kutilgan sifatlar edi . Ko‘ylaklar, yubkalar, poshna tuflilar, make-up, ideal sochlar. Nazariy jihatdan, biz mukammal oila edik. Lekin aslida... haqiqat butunlay boshqacha edi.
Men va Rosalia hech narsa bilmasligimiz mumkin bo‘lgan sirlar orqasida nimalar bo‘layotganini his qilardim. Birorta oila biznikidek tashqaridan mukammal ko‘rinishi mumkin emasdi.
Xo‘p, onam hozir Keniya degan joyda yashayotganini aytmasa ham bo‘ladi, Rosalianing onasi esa umuman mavjud emas.
— Endi nima qilamiz?! — dedi u.
Yelkamni qisdim. — Uyga ketamiz, chamamda. Ishga borishim kerak.
— “Ketamiz” deysanmi?! Elysia , biz Chrisni o‘ldirdik. Millionta soch tolasi tushgan bo‘lsa kerak bu yerga. Politsiya bularni topadi. Qamalamiz. Men sariq rangni yomon ko‘rinaman, Elysia ! Qamoqda onamni uchratish fikridan esa koʻnglim ayniydi. Tasavvur qilsang-chi?!
— Yaxshi bo‘lmaydi, deb o‘ylagandim.
Men opamga qaradim. Sochlari endi to‘liq sarg‘ish emasdi, yuzi qorga o‘xshab oqarib ketgan, ko‘zlari esa qo‘rquvdan keng ochilgan — to‘g‘risi, rostdan ham arvohga o‘xshab qolgan edi. So‘ng orqasidagi, qon sachragan oynaga — o‘zimning aksimga qaradim. Balki men ham uning kabi , dahshatga tushgan ko‘rinishda bo‘larman, deb o‘ylagandim. Ammo ko‘rgan narsam undan-da battarroq edi.
Aksim... menga qarab kulardi. Yengil tortgan, g‘ururli, hatto mamnun bir tabassum bilan. Tiniq terim porlardi, soch uchlarida allaqachon qurib qolgan qon izlari. Ko‘zlarimda esa... qasosning ilk lazzati.
Men hayotimda ilk marta o‘zimni baxtiyor ko‘rardim.
Bu ko‘rinish menga umuman yarashmasdi.
— Agar ikkovimizdan birimiz qamoqqa tushadigan bo‘lsak , bu men bo‘laman, Rosalia , — dedim ohista. — Tepkini men bosdim.
— MEN HAM BOSDIM!
"Qanday? Bu bo‘lishi mumkin emas edi. Men uni o‘zim bilan olib chiqqan edim, faqat yolg‘iz ketma, deb yalinib qolganidan keyin. U menga qurol ishlatmasligini va’da bergandi.Qurolni faqat Chris o‘zini yo‘qotsa, o‘zimizni himoya qilish uchun olgan edik
"
— Hech kim bilmaydi, — dedim.— Bu yerga kelganimizni hech kim bilmaydi. — Va bu fikrga qat’iy ishonaman. Men ilgari Chris bilan birga edim , shuning uchun DNK izlarim uyning turli joylaridan chiqishi — tabiiy.
Yaxshi, ehtimol “ilgari” deganim ikki hafta oldin edi. U kunlarning birida opamga tahdid qilganida boshlangandi barchasi. O‘shanda jim qolgan edim, o‘zimcha unutarman degandim. Lekin kecha Rosalia menga kun bo‘yi Chrisning uning ortidan yurib, oxiri haddan oshganini aytgach... sabr toqatim tugadi.
Yaxshiyamki, bugungi tun uchun dalilim bor — "ish."
Navbatchiligim o‘n daqiqa oldin boshlangan, ertalab soat beshgacha davom etadi.
Milo — eng yaqin do‘stim va rahbarim — hech qachon meni sotmaydi. Politsiya tekshirib qolsa, deb, ishga o‘zimdan oldin kelganimga ishonch hosil qilish uchun soatga tushirib ham qo‘ygan. U orqa eshikdan nimalar bilan shug‘ullanishini men juda yaxshi bilaman — hatto bu Chrisni o‘ldir degan ham o‘zi edi. U o‘zini taklif qilgan, ammo men rad qilgandim. Chunki bu ishni kim qiladi, deganda... bu iflosning hayotiga nuqta qo‘yadigan odam men bo‘lishim kerak degan edim.
U meni aldagan. Ha, butun munosabat davomida boshqa qizlar bilan yurgan. Va undan battari — jinsiy jinoyatchi ekanligi edi. U mening opamga ham tahdid qilmoqchi bo‘lgandi.
Endi esa... Uning jonsiz tanasi qo‘limda. So‘zma-so‘z.
Biroq bu ish joyida tugamaydi. Bu yerda to‘xtamaymiz.
Adamslar qamoqqa tushmaydi.
Yo apelsin rang kiyimni ko‘rmasdan o‘lamiz.
Yoki yo‘l topamiz.
Doim.
Menga ichimlik olib kel.
Vante Auclaire
— Yigirma ming. Bir tiyin ham kam emas, — dedi Arlo, stolim ustiga pul to‘plamini uloqtirib, so‘ng men bilan yuzma-yuz bo‘lgan stulga o‘zini tashladi.
— Yigirma ming? — dedim qoshimni chimirib. — Qandaydir garov qilgan edikmikan? Eslay olmayapman. Balki qilgandirmiz, bu menga mos ish. Lekin men hech qachon esdan chiqadigan garov o‘ynamaganman. Ayniqsa, yutib o‘sha pulni olayotgan bo‘lsam.
Pulni olib, sanamay turib, ish stolimning tortmasiga ochdim-da, ikkita qalin to‘plamni ichkariga tashladim. Arloga ishonaman. U qarzdor bo‘lsa, qaytaradi. Hech qachon ikkilangan emasman.
Hayotimda hech kimga Arlo D’Angelo’dek ishonmaganman. U menga hamkasb emas, xodim ham emas — kim nima desa desin — u mening yagona do‘stim edi. Yagona odamki, men bilan "ish" qilardi. Rasmiy emas, ammo foydali “ishlar.”
— Besh yil oldin menga yigirma ming dollar berganding. Qarzni yopish uchun. Men esa hali ham senga qaytarmaganman. Mana, endi oldingda.
— Menmi? — boshimni egdim. — Shunaqa qilganmanmi? — Eslolmadim. G‘alati. Bu menga o‘xshamaydi. Ha, o‘sha paytda — yigirma uch yoshda ham — pulim bor edi. Lekin men... o‘tmishda ham, hozirda ham, hech kimga pul bermaganman. Odamlar pulni menga berishardi — men emas.
Huquqshunos sifatida men buni juda yaxshi bilaman: pul odamni o‘zgartiradi. Jinoyatlarning aksariyati pul tufayli sodir bo‘ladi. Pul odamni xiyonatkor qiladi. Haqiqatni ochib tashlaydi.
Shuning uchun hech kimga ishonmaslik kerakligini o‘sha paytdanoq bilganman.
Men hech qachon "yaxshilik" qilmaganman. Chunki biror yaxshilik qilsang, odamlarda senga buyruq berish huquqi tug‘iladi. Menga hech kim buyruq bera olmaydi. Men doim yutaman — va doim ham yutaman.
O‘zimni boshqalardan balandroq deb o‘ylamayman, lekin bir marta kimdir meni bosib o‘tsa — boshqalar ham urinadi. Shuning uchun hech kimga bunga imkon bermaganman.
— Xo‘sh unda, — dedim quruqqina. Bu joyda odatda odamlar rahmat yoki minnatdorchilik bildiradi. Lekin bu so‘zlar mening lug‘atimda yo‘q. — Vaqting ancha ketdi.
Arlo yelkasini qisdi, yengil kulgi tomog‘idan sirg‘alib chiqdi. U meni yaxshi bilardi. Nimadir desam ham , demasam ham — jiddiy qabul qilmasdi.
— Eslamayapsan, shunaqami?
— Eslayman, — dedim. Albatta, yo‘q. Ammo bunga iqror bo‘lish menda foyda keltirmaydi. Foydasiz gaplarga men joy bermayman. Endi eslayapman, desam to‘g‘riroq bo‘lardi.
— Ares qanday? — deb so‘radi u birdan.
— Qayerdan bilay? — dedim yelkamni qisib.
— Iltimos, — dedi Arlo, orqasiga suyanib, qo‘llarini boshining orqasiga qo‘yganicha.
— Aresning o‘qishi yaxshi ketmoqda. Maktabni tugatgach kollejga kirishni rejalashtiryapti, o‘zini shunga yarasha tutyapti. Qolgani... men ukamning hayotiga unchalik aralashmayman, — dedim. Ares haqida gapirishni yomon ko‘rardim. Ares ham, Itan ham — mening zaif nuqtalarim edi. Agar odamlar ularning borligidan xabar topishganida, uchalamiz allaqachon tirik bo‘lmagan bo‘lardik.
.
To‘g‘risi, hozir bizdan faqat ikkitamiz qolgandik — Itan to‘rt yil oldin vafot etgan. Ammo u o‘lim — onamiz tomonidan amalga oshirilgan qasos edi, yoki ehtimol ogohlantirish. Men aytmoqchi bo‘lgan “xavfli odamlar” bu emas edi.
Arlo miyig‘ida kuldi, meni asabiylashtirayotganini aniq bilardi.
— Lili haqida nima deysan?
— Jim bo‘l va ishga qayt, — dedim o‘tkir ohangda. Lili — bu mavzu aka-ukalarim haqida gaplashishdan ham ko‘ra battarroq edi. Men o‘ylardimki, mening qulashimga sabab bo‘ladiganlar — bu aka-ukalarim, lekin Lili... u mening yagona eng xavfli ojiz nuqtam edi. Uni saqlab qolish uchun butun dunyoni yoqib yuborishga tayyor edim. Itan tufayli, baribir, qarzdor edim.
— Bugun boshqa mijozim yo‘q, shuning uchun Tartarusga borib ichimlik ichamizmi deb o‘ylagandim. Agar bugun kechasi uyda qolmaslikka muvaffaq bo‘lsang, albatta, — dedi Arlo.
Men darhol noutbukimni yopdim. Ichimliklar fikri yoqimli tuyuldi. Bugungi kunimdan keyin, bu ayni muddao edi.
Men o‘rnimdan turdim, telefonimni olish uchun cho‘zildim — shu payt u jiringlay boshladi. Bu mening ish telefonim edi, shuning uchun javob berishga hech qanday qiziqishim yo‘q edi. Lekin qo‘ng‘iroq qilayotgan odamning ismini ko‘rib qolganimda, kayfiyatim butunlay buzildi. Aynan o‘sha lahzada tushundim: ichimlik — bu endi shunchaki istak emas, balki zarurat edi